TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy, Sputnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda, o‘tgan haftada Rossiya va butun Rus Patriarxi Kirillning O‘zbekistonga bo‘lgan tashrifi haqidagi taasurotlari bilan bo‘lishdi.
Patriarx Kirill Toshkent, Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘ldi. Patriarx u yerdagi ajoyib yodgorliklar va ziyoratgohlar bilan tanishdi – deb so‘zini boshladi Vikentiy.
Patriarx Kirill Islom dini haqiqatdan ham ezgulik, insonparvarlik va ko‘ngli tozalik dini ekaniga shaxsan amin bo‘ldi.
Biz kabinetlardan turib, O‘zbekistonda hamma narsi yaxshi, barcha millat va din vakillari tinch-totuv yashamoqda, — deb ko‘p marotaba aytishimiz mumkin, lekin Patriarx minglab odamlar orasida bo‘ldi, xalqining bag‘rikengligini o‘z ko‘zi bilan ko‘rdi, uning mehri va muhabbatini o‘z tanasi bilan his qildi. Biz odatda buni mehmondo‘stlik, bag‘rikenglik deymiz, lekin Patriarx Kirill — bundan ham yuqori baho berdi.
“O‘zbek xalqi shunchalik sofdil va ko‘ngli keng va insonparvarki — u O‘zbekistonda yashaydigan barcha millatlarni o‘z mehri bilan ushlab turishga qodir, — dedi butun Rus Patriarxi.
Shuningdek u kishi bizning Toshkentdagi diniy markazimizda bo‘lib, cherkovimizni, binolarimizni, seminariyamizni tomosha qildi va ularning hammasiga qarab turib – “Sizlarga yana nima kerak o‘zi!?”, — dedi.
Shundan so‘ng Patriarx yana bir qiziq gap aytdi. “Agar kimda-kim O‘zbekistondan ketsa ham u Rossiyada eng yaxshi odamga aylanadi, chunki u O‘zbekistonda sofdillik va insoniylik muhitida tarbiyalangan. Bu O‘zbekistonning yana bir muhim xususiyatidir. Bugun mana shunday kadrlar dunyoning har bir burchagida kerak”, — dedi butun Rus Patriarxi.
“Kelinglar birgalashib dunyoda tinchlikni saqlab qolaylik. Kelinglar butun dunyo uchun tinchlik va hamjihatlik ramzi bo‘laylik. Kelinglar, butun dunyo, biz O‘zbekistonda qanday do‘stona va mehr-muhabbat muhitida, urush-janjalsiz, jaholatsiz yashayotganimizni ko‘rib, bizdan o‘rnak olsin”, — deb so‘zini yakunladi Toshkent mitropoliti Vikentiy.