Mirziyoyev BMTda diniy bag‘rikenglik to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qilish taklifini kiritdi

© RuptlyPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev na Genassamblee OON - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasida "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifini kiritdi

TOShKENT, 20 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qildi.

Mirziyoyev taklif aO‘zbekiston butun jahon jamoatchiligiga islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblashini ta’kidlab o‘tdi.

Granitsa Bangladesh-Myanma - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yuborgan yordam myanmalik qochqinlar oqimi mislsiz ko‘paygan davrda yetib bordi
"Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz.

Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi", — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Mirziyoyev shuningdek, Markaziy Osiyo Uyg‘onish davrining ko‘plab yorqin namoyandalarining islom va jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan bebaho hissasini alohida qayd etib o‘tdi.

"Ana shunday buyuk allomalardan biri Imom Buxoriy o‘z ahamiyatiga ko‘ra islom dinida Qur’oni karimdan keyingi muqaddas kitob hisoblangan "Sahihi Buxoriy"ning muallifi sifatida butun dunyoda tan olingan. Bu ulug‘ zotning g‘oyat boy merosini asrab-avaylash va o‘rganish, ma’rifatiy islom to‘g‘risidagi ta’limotini keng yoyish maqsadida biz Samarqand shahrida Imom Buxoriy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik", — deb ta’kidladi Mirziyoyev.

"Bugungi sessiya ishtirokchilariga BMT Bosh Assambleyasining "Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik" deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish taklifi bilan murojaat qilmoqchiman.

Bu hujjatning asosiy maqsadi — barchaning ta’lim olish huquqini ta’minlashga, savodsizlik va jaholatga barham berishga ko‘maklashishdan iborat", — deb o‘z nutqini davom ettirdi prezident.

Mirziyoyevga ko‘ra, ushbu rezolyutsiya bag‘rikenglik va o‘zaro hurmatni qaror toptirish, diniy erkinlikni ta’minlash, e’tiqod qiluvchilarning huquqini himoya qilish, ularning kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslikka ko‘maklashishga qaratilgan.

Yangiliklar lentasi
0