TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 2017-yilning oxiriga qadar neftni qayta ishlash zavodlariga uglevodorod xom-ashyo sotib olish uchun budjet hisobidan 2 trillion so‘m miqdorida (250 mln $) ssuda ajratish haqidagi qarorni imzoladi.
Ushbu ssudaning 600 milliardi yonilg‘i taqchilligi muammosini tezkorlik bilan hal qilish maqsadida ushbu haftaning oxiriga qadar neft zavodlari hisob raqamiga o‘tkazib berilishi kerak.
Undan tashqari, Toshkentda jamoat transporti xizmatlari narxi keskin o‘sishini oldini olish maqsadida, prezident davlat budjetidan "Toshshaxartransxizmat" kompaniyasiga 2017-2018 yillarda qo‘shimcha mablag‘ ajratishni topshirdi.
Benzin narxlarining oshib ketishini oldini olishga qaratilgan yana bir muhim chora – bu 2017-yilning 15-noyabridan benzin va dizel yonilg‘isi uchun soliqlarni 50% ga kamaytirilishi bo‘ldi. Ushbu chora benzin narxi oshib ketishini oldini olishga qaratilgan.
Undan tashqari Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 1-yanvariga qadar uglevodorodli xom-ashyo import qiluvchi korxonalarni bojxona solqlaridan ozod qildi. Neftni qayta ishlash zavodlari ham daromad solig‘idan ozod qilindi. Buning evaziga iqtisod qilingan mablag‘lar ishlab chiqarish bazsini texnik va texnologik yangilashga va ishlab chiqarish quvvatini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, 15-noyabr kuni O‘zbekistonda Vazirlar mahkamasining qaroriga asosan yonilg‘i narxi oshirilgan edi. Ushbu chora benzin taqchilligini oldini olish va respublikaning barcha hududlarini yetarli miqdorda yonilg‘i bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilgan.