TOShKENT, 14 noya — Sputnik. O‘zbekistonda 15-noyabrdan boshlab benzin narxi keskin ko‘tariladi. Yoqilg‘ining yangi bahosi avvalgisidan taxminan 40%ga yuqori bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Tegishli qaror bugun 14-noyabr kuni Hukumat tomonidan imzolangan.
Omma e’tiboriga havola qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, benzin narxlari 15-noyabrdan boshlab quyidagi narxlarda sotiladi.
1 litr Ai-80 markadagi avtobenzin uchun — 3800 so‘m
1 litr Ai-91 avtobenzin uchun — 4300 so‘m
O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha avtozapravkalarda ushbu narxlarga amal qilinadi.
"O‘zbekneftegaz" kompaniyasidagi manba ma’lumotlariga ko‘ra, viloyatlardagi AYoQShlar oyiga ikki marta benzin yetkaziladi. Shu sababli, mahalliy aholiga benzin yetishmaydi.
Bunday vaziyat noqonuniy benzin sotuvi rivojlanishiga olib keldi. Xususiy shoxobchalarda ishlaydigan olibsotarlar ajratilayotgan benzinni chetga sotishadi. Viloyatlarda yo‘l chetida turib katta plastik baklajkalarda sotilishini ko‘rish mumkin. Ushbu benzin narxi davlat tomonidan belgilangan narxdan o‘rtacha hisobda 60-90 foizga qimmat sotiladi.
2010-2016 yillarda O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarilishi 26,2 foizga, dizel yoqilg‘isi 8,3 foizga kamayib ketdi. Shu o‘rinda, uglevodorodlarning importi 1,3 baravarga ortdi.
Yuzaga kelgan vaziyatni o‘zgartirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan neftini qayta ishlash zavodlarini modernitsiya qilish hamda Jizzaxda yangi zavod qurishga qaror qilindi. Bu zavodda yiliga 5 million tonna neftni qayta ishlash natijasida "Yevro-5" standartidagi 3,7 million tonna benzin ishlab chiqariladi. Shuningdek, 700 ming tonna aviatsiya kerosini, suyultirilgan gaz, mazut, bitum va boshqa mahsulotlar ishlab chiqariladi.
Bundan tashqari, Qozog‘iston orqali Rossiyadan neft olib kelish bo‘yicha ham kelishuvga erishilgan.