Tabiiy gaz va elektr narxi 1-apreldan oshadi

Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasinin qaroriga asosan O‘zbekistonda 2018-yilning 1-aprelidan boshlab tabiiy gaz va elektr narxi 1,1 va 1,12 barobar oshadi.

TOShKENT, 15 noya — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14-noyabrda e’lon qilingan 913-sonli qaroriga asosan kelasi yilning 1-aprelidan boshlab tabiiy gaz va elektr narxi oshadi.

2018 yilning 1-aprelidan boshlab, tabiiy gazning chakana narxi 1,1 baravar, elektr energiyasi narxi 1,12 baravar oshirilsin”, — deyilgan qarorda.

Undan tashqari ushbu qarorda 2017-yilning 15-noyabridan boshlab benzin, diztoplivo, aviatsiya kerosini, mazut va motor moylari narxi oshishi ham ko‘rsatib o‘tilgan.

Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Rasman: O‘zbekistonda benzin narxi ko‘tarildi

Xususan, yonilg‘i chakana narxlari quyidagicha belgilangan: Ai-80 markali avtobenzini – 3800 so‘m, Ai-91 markali avtobenzini – 4300 so‘m, Dizel yonilg‘isi – 4100 so‘m, EKO dizel yonilg‘isi – 4200 so‘m miqdorida beligandan.

Ayrim neft mahsulotlarining ulgurji narxlari quyidagicha belgilangan: Avitsiya kerosini – 4450 ming so‘m/tonna, bitum – 2300 ming so‘m/tonna, mazut – 2400 ming so‘m /tonna, motor moyi 4800 ming so‘m/tonna, sanoat moylari – 3400 ming so‘m/tonna.

Shu bilan bir vaqtda Vazirlar Mahkamasi qarorida avtobenzinlar va aviatsiya kerosini AYoQShlar va aeroportlardagi YoQShlar orqali erkin tijorat narxlarida sotilishi qayd etilgan.

Yangiliklar lentasi
0