Migratsiya agentligi Koreyada ishlamoqchi bo‘lganlarni firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

© FacebookOtkrilsya Sentr po kompleksnomu testirovaniyu
Otkrilsya Sentr po kompleksnomu testirovaniyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Firibgarlar sodda talabgorlarning 24 dollardan pulini olib, ularga parol va domen nomlari yubormoqdalar. Tekshirishlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, mazkur fuqarolar ro‘yxatga ham olinmagan va bunday domen nomi va parollar ham mavjud emas

TOShKENT, 15 noya – Sputnik. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Kompleks test markazida saralash test sinovlarida qatnashishni istovchi fuqarolarni firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
Koreyada ishlashni istaydiganlarga sinov kunini band qilish muddati ma’lum qilindi

"Koreya testidan o‘tkazib qo‘yaman. Xorijga ishga jo‘nataman", degan firibgarlarning yolg‘on va’dalariga uchmang, hech kimga pora bermang. Shuni bilingki, O‘zbekiston Respubliksining amaldagi qonunchiligiga ko‘ra, mamlakatmiz fuqarolarini chet elga ishlash uchun jo‘natadigan yagona tashkilot – Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligidir. Boshqa biror shaxs yoki tashkilot bunday vakolatga ega emas. Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligidan boshqa xorijga mehnat qilish uchun odam yuborishni va’da qilayotgan har qanday shaxs yoki tashkilotning faoliyati noqonuniydir va o‘zi muqarrar jinoyatchidir", deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lum qilinishicha, 2017-yil 7-noyabrdan boshlab Koreyada mehnat faoliyatini amalga oshirish istagidagi fuqarolarni Kompleks test markazida saralash test sinovlaridan o‘tkazish uchun kun va seanslarni KTM saytida ro‘yxatga olish va sana hamda seansni band qilish boshlangan.

2017 yil 13-noyabrdan Kompleks test markazida test sinovlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur saralash test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan, yetarlicha bal olgan fuqarolargina Inson resurslarini rivojlantirish xizmati tomonidan o‘tkaziladigan til va malaka test sinovlarida qatnashadi.

Gorod Seul - Sputnik O‘zbekiston
Koreyaga ishga ketishni xohlaganlarni imtihon qilish shartlari ma’lum qilindi

Xabar berilishicha, ayrim firibgar shaxslar "Kompleks test markazi boshliqlari bilan tanishmiz!", "O‘zimiz gaplashib beramiz va yuz foiz o‘tkazib qo‘yamiz", "Test kuzatuvchilari ichida odamlarimiz bor, testni ishlab berishadi", "Sizning o‘rningizga ro‘yxatdan o‘tkazamiz, kirib testni ishlab chiqamiz", "Agentlikda odamimiz bor" va hokazo gaplar bilan xorijda ishlash istagida bo‘lganlardan pul ta’ma qilmoqdalar.

"Shunday firibgarlar sodda talabgorlarning 24 dollardan pulini olib, ularga "Hurmatli mijoz Siz 15.11.2017 kuninini soat 09:30 ga band qilqilganingiz tasdiqlandi. Siz shu kuni 8:30 gacha kelishingiz kerak. Kompleks test markazi" singari xatlar ham yuborib, parol va domen nomlari yubormoqdalar. Tekshirishlardan ma’lum bo‘lmoqdaki, mazkur fuqarolar ro‘yxatga ham olinmagan va bunday domen nomi va parollar ham mavjud emas.

Sizga shuni ma’lum qilamizki, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi va Kompleks test markazida tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilmaydi. Tanishim bor, deydiganlarga ishonmang. Ro‘yxatga olish vav joy bron qilish jarayoni on-layn tarzda Kompleks test markazi saytida o‘tadi. Sinov jarayonlari xolis va halol o‘tkaziladi. Mazkur jarayonga chetdan hech bir kishi aralasha olmaydi", deyiladi agentlik tomonidan.

Zarubejnie strani: Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonliklarga Koreyada ishlash uchun kvotalarni ko‘paytirish muhokama qilinadi

Agentlik shuningdek, Kompleks test markazidan boshqa yerda to‘lov qilinmasligi va biror kimsaga pul berilmasligini bildirgan. Test topshiruvchi shaxsan ro‘yxatdan o‘tadi va to‘lov amalga oshiriladi. Markazning xizmat haqi 87 500 so‘mni tashkil etadi. To‘lov esa o‘sha yerning o‘zida g‘aznaga to‘lanadi va fuqaroga to‘lov amalga oshirilganligi haqidagi tegishli kvitansiya va sinov zalida qator va o‘rin belgilangan talon taqdim etiladi.

Test sinovlari natijalari, shuningdek, barcha test topshirgan shaxslar reytingida muayan test topshiruvchining joriy egallab turgan o‘rnini 10 kundan so‘ng Agentlik rasmiy saytida test topshiruvchining "shaxsiy kabineti"ga kirib, bilib olish mumkin.

Test sinovlarini topshirgan shaxs muayan sabablarga ko‘ra imtihon natijalaridan norozi bo‘lsa, imtihon o‘tkazilgandan keyin 20 kun ichida Kompleks test markazining Appelyatsiya bo‘linmasiga aniqlik kiritish uchun murojaat qilishi mumkin. Appelyatsiya shikoyati faqat test sinovini topshirgan shaxsning ishtirokida ko‘rib chiqiladi.

Yangiliklar lentasi
0