TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Qirg‘iziston Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga ulkan umidlar bilan qaragandi, dedi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 12 mamlakat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilish marosimida.
"Qirg‘iziston-Qozog‘iston chegarasidagi oxirgi voqealar biz YeOIIdan juda ko‘p narsani umid qilib yuborganimizni ko‘rsatdi. Albatta, bunga qaramasdan endi kelajakda ham qardosh Rossiya strategik hamkor va ishonchli ittifoqchi bo‘lib qoladi. Lekin agar bu faqat bir kishining, hattoki u buyuk bo‘lganida ham uninggina xohishiga bog‘liq bo‘ladigan bo‘lsa, unda ittifoq ishonchli bo‘lmaydi", — dedi Atambayev.
Qirg‘iziston prezidenti hukumatga muqobil bozorlarni – O‘zbekiston va Xitoyni topish bo‘yicha topshiriq bermoqchi ekanligini aytdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarga esa yuklarni Rossiyaga temir yo‘l orqali jo‘natishni va vagonlarni plombalashni maslahat berdi, deb yozadi Sputnik Qirg‘iziston.
Eslatib o‘tamiz, qirg‘iz-qozoq chegarasidagi muammolar 10-oktabr kuni boshlangandi. Vaziyat shu darajaga yetib bordiki, Yerevan shahrida o‘tkazilgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari Hukumatlararo kengash yig‘ilishida Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjon Sagintayev qozoq-qirg‘iz chegarasidagi vaziyatni hal qilish bo‘yicha "yo‘l xarita"sini imzolamadi.