Atambayev o‘z nutqini prezidentlarga nomzodlar va ularning tarafdorlarini esga olishdan boshladi hamda "nega qozoq hukumati bizga aynan shunday rahbarlarni tiqishtirishni xohlayotganini tushunishini" aytdi.
"Men baribir adolatli saylovlarni o‘tkazaman. Har bir xalq o‘z hukmdoriga loyiq. Men bu singari rahbarlarni qozoq hukumati bizga nima uchun tiqishtirayotganini tushunaman. Qozoq hukumati Boqiyevni yaxshi ko‘radi. Boqiyevlar hanuzga qadar Olma-Otada o‘z bayramlarini o‘tkazib keladilar. Men Qozog‘istondagi yuqori lavozimdagi kishilardan, Boqiyev odamlarni to‘g‘ri otganligi haqida bir necha marotaba eshitganman. Familiyalarni aytib o‘tirmayman. Hurmatli Nursulton Abishevich Nazarboyev, hatto Olma-Ota YaIMi butun boshli Qirg‘iziston YaIMidan 5 barobar deb mutlaqo to‘g‘ri aytdi. To‘g‘ri. Qozog‘iston YaIMi Qirg‘iziston YaIMidan 20 marotaba ko‘p. Daromad hisobida ham Qozog‘istonning bir fuqarosi Qirg‘izistondagiga nisbatan 10 marotaba ko‘p daromad oladi. Xo‘sh, nega unda Qozog‘istonda pensiyalar 10 barobar emas, 1,5 barobargina ko‘p? Tariflar ham nega 5 barobar ko‘p? Nega deganda Qozog‘iston boyliklari o‘marilmoqda. Boyliklar Qozog‘iston xalqiga yetib bormayapti, biz esa yomon namuna ko‘rsatayapmiz. Atambayev yomon namuna ko‘rsatayapti. U adolatli hukumat namunasini ko‘rsatayapti", — deb bayonot qildi prezident.
Shundan so‘ng u Qozog‘istondagi oligarxlarni, nomzodning Nazarboyev bilan uchrashuvini yodga oldi va Qirg‘izistonda tartibsizliklarni yuzaga keltirishni xohlovchilar bilan o‘ta qat’iy tartibda gaplashib qo‘yishini ma’lum qildi.