TOShKENT, 21-iyul — Sputnik. Ushbu yilning 11-iyul holatiga ko‘ra, 90 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarolariga energiya manbaalaridan foydalanganliklari uchun majburiy to‘lov kvitansiyalari yuborilgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi.
Shuningdek, o‘z vaqtida to‘lanmagan qarzdorliklar va yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun MIB tomonidan 9 mingdan ortiq elektr va gaz iste’molchilari, amal qilayotgan qonunga ko‘ra tarmoqda uzilgan.
Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekenergo" AJ va "O‘ztransgaz" AJ har oyning boshida o‘zlarida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, iste’mol qilingan manbaalar hamda amalga oshirilgan to‘lovlarni hisob-kitob qilib, abonentlar bilan yakuniy hisob-kitob qiladi. Ushbu hisob-kitob natijalariga ko‘ra hosil bo‘lgan qarzdorlar ro‘yxati har oyining 11 sanasida, Respublika Bosh prokuraturasiga tegishli bo‘lgan, tuman Majburiy Ijro Burolariga yuboriladi.
Majburiy Ijro burolari ushbu ro‘yxatga asosan qarzdor iste’molchidan 5 kun ichida to‘lovni amalga oshirishni talab qiladi. Ogohlantirishlardan keyin ham to‘lovni amalga oshirmagan iste’molchilar tarmoqdan uziladi. Tarmoqdan uzilgan abonentlar, barcha qarz va jarimalar to‘lanib, tarmoqqa ulanish to‘lovi (eng kam ish haqqining 2 baravari) to‘langanidan keyin qayta ulanishlari mumkin.
Darakchi xabariga asosan.