Benzin narxi oshishi haqidagi mish-mishlar hozircha tasdiqlanmadi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishNa avtozapravochnoy stansii
Na avtozapravochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yonilg‘i narxi oshishi haqida, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar "O‘zneftmahsulot" tomonidan tasdiqlamadi.

TOShKENT, 13 noya — Sputnik. "O‘zneftmahsulot" 15-noyabrdan benzin narxi oshishi haqidagi xabarlarni tasdiqlamadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Kecha, ijtimoiy tarmoqlardagi ayrim guruhlarda 15-noyabrdan benzin narxi oshishi haqida xabarlar tarqalgan edi. Xususan AI-80 benzini narxi 2800 so‘mdan 3800 ga oshishi, AI-91 markali benzin narxi 3000 so‘mdan 4300 mo‘mga oshishi haqida xabar qilingan edi.

“Bugungi kunda biz, yonilg‘i narxini oshirish haqida hukumat qarori yoki “O‘zbekneftegaz” rahbariyati buyrug‘ini olmadik”, — deb javob berdi "O‘zneftmahsulot" kompaniyasi vakili.

Ushbu xabar yuzasidan, “O‘zbekneftegaz” kompaniyasi matbuot xizmati, ma’lumot yo‘qligi tufayli, izoh berisha olmadi.

Na avtozapravochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda benzin narxi 35% ga oshdi

Sputnik muxbiri poytaxtdagi 10dan ortiq AYoQShlarni aylanib chiqib hech qayerda yonilg‘i taqchilligi yoki uni katta miqdorda sotib olinayotganini kuzatishmadi. AYoQSh xodimlari ham yonilg‘i narxi oshishidan bexabar ekanligini ma’lum qilishdi.  

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda yonilg‘i narxi so‘nggi bor 2016-yilning 23-oktabrida o‘rtacha 31-35% ga oshirilgan edi. O‘shanda ortiqcha shov-shuvni oldini olish maqsadida, narxlar oshishi haqidagi ma’lumot bir necha soat oldin e’lon qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0