TOShKENT, 21 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Janubiy Koreya 2016-yilning ikkinchi yarmida Sautbayda narxi 100 million bo‘lgan tog‘-kon majmuasi qurilishini boshlayadi, Sputnik muxibiri xabari asosida.
Ushbu konda qazish va qayta ishlash ishlari bilan Uz-Kor Tungsten O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi shug‘ullanadi. Uz-Kor Tungsten O‘zbekiston Davlat geologiya qo‘mitasi (49% sarmoya) va Janubiy Koreyadan Shindon Resources (51% sarmoya) kompaniyalari tomonidan tashkil qilingan.
“Majmua yuqori kiymat va talabga ega bo‘lgan volfram mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Mahsulot to‘liq eksportga jo‘natiladi. 2015-yilning oxirigacha moliyalash jarayonini boshlash uchun, loyhaning texnik va iqtisodiy asoslash yakunlanadi”, deb xabar berdi Shindon Resources direktori An Je Yeng Sputnik muxbiriga.
2016 yilning birinchi yarmida qo‘shma korxona qazishga litsenziya olib banklardan mablag‘ jalb qilish bilan shug‘ullanadi. Yilning ikkinchi yarmida tog‘-kon majmuasi qurilishi boshlanadi.
An Je Yengning so‘zlariga qaraganda, kerakli infraqurilmalar narxi alaqachon ma’lum bo‘lgan. Elektr bilan ta’minlash inshootlari – 10 mln dollar, chuchuk suv bilan ta’minlash inshootlari – 15 mln dollar, gaz quvuri – 2,5 mln dollar, dedi u.
Sautbayda qazish ishlari birinchi bo‘lib boshlanadi, keyin Burgut va undan keyin Saginkan bo‘limlarida qazish ishlari olib boriladi.