Geologiya va geofizika instituti Davlat Geologiya qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tdi

© AN respubliki Uzbekistan"Quyosh fizikasi" ilmiy-tekshirish instituti
Quyosh fizikasi ilmiy-tekshirish instituti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Habib Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti Fanlar akademiyasi tarkibidan chiqib Davlat Geologiya qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tdi.

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti vazifasini bajaruvchi va Bosh vazir Shavkat Mirziyoyev Geologiya va geofizika institutini Davlat Geologiya va Mineral resurslar qo‘mitasi ixtiyoriga o‘tkazish haqida qaror imzoladi.

Imzolangan qarorga ko‘ra, geologiya sohasida olib borilayotgan izlanishlar samarasini oshirish, O‘zbekiston tabiiy  boyliklaridan unumli foydalanish maqsadida, ilmiy izlanishlarning geologik razvedka va resurslarni qazib olish sohalarini yanada chambarchas bog‘lash maqsadida amalga oshirilgan.

Institutning asosiy vazifasi: yer qatlamining geologik tuzilishini o‘rganish uchun chuqur fundamental izlanishlar o‘tkazish, O‘zbekiston hududi tuzilishini chuqur o‘rganish va shu asosda gelogik va geofizik 3D modelini tuzish, tabiiy boyliklarni qazib olishda zamonaviy texnologiyalarini qo‘llashdir.

Habib Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti 1937-yilda tashkil qilingan bo‘lib 77-yil davomida O‘zbekiston Respublikasining mineral-xom ashyo bazasini yaratishda ulkan hissa qo‘shgan. Institut tarkibida respublikada yagona Geologik muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Muzeyda 6000 mingdan ortiq takrorlanmas minerallar va tog‘ jismlari kolleksiyasi bor.

Yangiliklar lentasi
0