Nyu-Yorkdagi o‘zbeklar: Biz terrorizmning har qanday ko‘rinishini keskin qoralaymiz

© Facebook / Chris Landry via REUTERSMesto nayezda avtomobilya v Nyu-Yorke
Mesto nayezda avtomobilya v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nyu-Yorkda 31-oktabr kuni Manxetten hududida sodir etilgan vahshiyona terrorchilik xuruji qurbonlari xotirasiga tadbir tashkil etildi

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Nyu-Yorkning Bruklin hududi prezidenti Erik Adamsning tashabbusi bilan Foley Squareda xotira tadbiri tashkil etildi. Unda 31-oktabr kuni Nyu-York shahrining Manxetten hududida sodir etilgan vahshiyona terrorchilik xurujiga munosabat bildirildi.

Gruzovik, kotorim upravlyal Seyfullo Saipov - Sputnik O‘zbekiston
Bir ahmoq qilmishini butun millat bilan bog‘lash noto‘g‘ri - AQSh diplomatlari

Tadbirda Nyu-Yorkning ko‘pgina diniy konfessiyalar, ijtimoiy-siyosiy nodavlat tashkilotlari, shahar meriyasi, siyosatchilar, politsiya va boshqa ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida bo‘lib o‘tgan brifingda Amerikadagi turkistonlik o‘zbeklarning "Turkiston-Amerika" Assotsiatsiyasi prezidenti Abdulloh Xo‘ja Manxettenda Sayfulla Soipov tomonidan sodir etilgan g‘ayriinsoniy, vahshiyona terrorchilik xurujini keskin qoraladi. Jumladan, u "…biz har qanday shakl va ko‘rinishdagi ekstremizm va terrorizmni keskin qoralaymiz", —deb ta’kidladi.

Brifing so‘ngida Abdulloh Xo‘ja Amerikada yashovchi o‘zbek oilalari nomidan begunoh qurbon bo‘lganlarning oila a’zolariga chuqur ta’ziya bildirib, jarohat olganlarning tez fursatlarda sog‘ayib ketishlariga tilak bildirdi.

Tadbirning ikkinchi qismida ommaviy axborot vositalari vakillari tadbir ishtirokchilariga ko‘plab savollar bilan murojaat qildilar. Aksariyat savollar o‘zbek diasporasining rahbari Abdulloh Xo‘jaga qaratilgan edi.

Nyu-Yorkda 31-oktabr kuni Manxetten hududida sodir etilgan terrorchilik xuruji qurbonlari xotirasiga tadbir tashkil etildi
V Nyu-Yorke proshla seremoniya po pamati jertv terakta 31-oktabrya - Sputnik O‘zbekiston
Nyu-Yorkda 31-oktabr kuni Manxetten hududida sodir etilgan terrorchilik xuruji qurbonlari xotirasiga tadbir tashkil etildi

Abdulloh Xo‘ja jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, o‘zbek xalqining qadim tarixi va boy madaniyati, o‘zbek hududidan chiqib, jahon sivilizatsiyasiga ulkan hissa qo‘shgan Imom Al Buxoriy, Ibn Sino, Mirzo Ulug‘bek, Al Farg‘oniy, Al Beruniy, Alisher Navoiy singari daholar to‘g‘risida faxr bilan so‘zladi.

"Asrlar osha davom etib kelayotgan ma’naviy-axloqiy qadriyatlar asosida yashaydigan har bir o‘zbek oilasida ta’lim-tarbiyaga katta e’tibor berish an’anaga aylangan", dedi u.

Politseyskie na meste nayeda gruzovika na velosipedistov v Nyu-Yorke - Sputnik O‘zbekiston
"Islom davlati" Nyu-Yorkdagi terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi

Abdulloh Xo‘ja terrorizmga qarshi kurashda AQSh hududida in qurib olgan turli xil terroristik oqimlar, kuchlar va tashkilotlar bilan jiddiy shug‘ullanish vaqti kelganini aytib o‘tdi.

Undan tashqari, o‘zbekistonlik kuchli bilimli imomlar, ulamolarni AQShga yuborib, omma orasida ular bilan asl islomiy ta’limotlar borasida turli ochiq muloqotlar, tadbirlar o‘tkazish lozimligini, Vatandan Islom dinini targ‘ib qiluvchi yangi kitoblarni ko‘proq olib kelib, ularni to‘g‘ri targ‘ibot-tashviqot qilish, tarqatish haqida so‘z yuritdi.

"Shundagina biz vatandoshlarimizni bu yerdagi boshqa salbiy oqim va terroristik guruhlarga a’zo bo‘lishdan asrab qolgan bo‘lamiz", deya ta’kidladi Abdulloh Xo‘ja.

U bu voqea bugungi kunda Amerikada tashkil etilgan o‘nlab o‘zbek tashkilotlarining olib borayotgan barcha sa’y-harakatlarini birlashtirish zaruratini yana bir bor tasdiqlashini bildirdi.

Shuningdek, Abdulloh Xo‘ja O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning olib borayotgan oqilona ichki va tashqi siyosatini ma’qullab, qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidladi.

"Biz Amerika Qo‘shma Shtatlari xalqi bilan doimo birgamiz va har tomonlama birdam, hamjihat ekanligimizni yana bir bor izhor etamiz, — deya so‘zini yakunladi u.

Mavlon ShUKURZODA, Nyu-York, AQSh.

Yangiliklar lentasi
0