TOShKENT, 20 okt — Sputnik. O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidovga tegishli buyumlarni xarid qilishi to‘g‘risida e’lon berdi.
Eslatib o‘tamiz, taniqli adib, yirik davlat arbobi Sharof Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahrida, dehqon oilasida tavallud topgan.
1941 yilda Samarqand Davlat universitetini tugatib muallim va muxbir sifatida faoliyatini boshlagan. 1941-1942 yillarda urushda qatnashadi. 1950-1959 yillarda O‘zbekiston Oliy Kengashi rayosatining raisi, 1959-1983 yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi markazqo‘mining birinchi kotibi bo‘lib ishlaydi. Sharof Rashidov 1983-yilning kuzida vafot etgan.
Sharof Rashidov qobiliyatli boshqaruvchilikdan tashqari o‘z davrining ko‘zga ko‘ringan yozuvchisi ham bo‘lgan. Adibning "G‘oliblar", "Bo‘rondan kuchli", "Qudratli to‘lqin", "Kashmir qo‘shig‘i" kabi asarlarida o‘zbek xalqining urushdan keyingi tiklanish yillaridagi mehnat jasorati badiiy ifodasini topgan.