TOShKENT, 3 noya — Sputnik. "ID" terrorchilik uyushmasi Nyu-Yorkda sodir etilgan, sakkiz kishi umriga zomin bo‘lgan terakt uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi, deb xabar qildi RIA Novosti Reyterga tayangan holda.
Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni Nyu-York shahrida yuk mashinasi Manxetten janubi-g‘arbida velosiped yo‘lakchasiga chiqib ketadi. Mashina haydovchisi, o‘zbekistonlik Sayfullo Saipov o‘z yo‘lida velosiped haydovchilarini bosib o‘tgan va so‘ngra maktab o‘quvchilari avtobusiga borib urilgan.
Terrorchi o‘z mashinasida hujumni "ID" terrorchilik uyushmasi nomidan amalga oshirganligini haqida xat yozib qoldirgan. MQB (FBR) ma’lumotlariga ko‘ra, Saipovning mobil telefonida 90 ga yaqin videoyozuvlar va taxminan 3,8 ming dona fotosuratlar aniqlangan bo‘lib, ularning aksariyati "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi tashviqotlari bilan bog‘liq bo‘lgan. Xususan, uyali aloqa telefonida "ID" jangarilari tomonidan amalga oshirigan qatllar, shuningdek terrorchilar ramzlari belgilari va ularning yetakchisi suratlari bo‘lgan.
Saipov politsiya xodimlari tomonidan jarohatlangan va kasalxonaga yotqizilgan. U teraktni amalga oshirganlik va terrorizmni qo‘llab-quvvatlaganlikla ayblangan, O‘zbekiston fuqarosi o‘lim jazosiga mahkum etilishi mumkin.