Hodisalar

Oʻlim jazo yoki Guantanamo qamogʻi: AQShda Soipovga nisbatan sud boshlandi

© REUTERS / Jane Rosenberg / Sud nad Sayfullo Saipovыm
Sud nad Sayfullo Saipovыm - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Nyu-York sudiga Sayfullo Soipov nogironlar aravachasida keltirildi. Advokat uni garov evaziga qoʻyib yuborishni soʻradi. Lekin sudya uni hibsda qoldirishni lozim deb topdi

TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Nyu-York prokuraturasi tomonidan 29 yoshli Sayfullo Soipovga "Islomiy davlat" terrorchilik uyushmasiga moddiy yordam taqdim etish, zoʻravonlik hamda transport vositalariga zarar keltirishda ayblandi.

Gruzovik, kotorыm upravlyal Seyfullo Saipov - Sputnik Oʻzbekiston
Jamiyat
Bir ahmoq qilmishini butun millat bilan bogʻlash notoʻgʻri - AQSH diplomatlari

Ushbu moddalar boʻyicha unga umrbod qamoq yoki oʻlim jazosi berilishi mumkin. Nyu-Yorkda sudiga Sayfullo Soipov nogironlar aravachasida keldi. Advokat uni garov evaziga qoʻyib yuborishni soʻradi. Lekin sudya uni hibsda qoldirishni lozim deb topdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp Sayfullo Soipovni mamlakatdagi eng mashhur harbiy qamoqxonalardan biri Guantanamoga yuborishini taʼkidladi. Ushbu qamoqxonada horijda terrorizm boʻyicha qoʻlga olingan mahbuslar sudsiz saqlanadi.

"Men uni Gitmoga (Guantanamo qamoqxonasining qisqa nomi) joʻnatishni koʻrib chiqishga aniq tayyorman", — dedi Tramp.

FQB xodimlari Soipovning qoʻl telefoni koʻrib chiqilganda, unda 90 ta video yozuvlar va 3,8 ming foto-suratlar topilgan boʻlib, «ulardan aksariyati — "Islomiy davlat" xalqaro terrorchilik uyushmasi bilan bogʻliq boʻlgan targʻibot». Shu bilan birga, odamlarni bosgan yuk mashinasida pichoqlar solingan sumka topilgan.

Velosipedы na meste nayezda gruzovika - Sputnik Oʻzbekiston
Hodisalar
FQB yana bir oʻzbekistonlikni Nyu-Yorkdagi teraktga aloqadorlikda gumon qilmoqda
Matbuotda Soipov Qirgʻiziston Oʻsh viloyatida biroz istiqomat qilganligi haqida mish-mishlar paydo boʻldi.

"Nyu-York shahrida 31 oktyabr kuni terrorchilik amalini sodir etishda ayblanayotgan Saipov Sayfullo Xabibullayevich Qirgʻiziston fuqaroligini olmagan", — deb taʼkidlandi Qirgʻiziston xavfsizlik xizmati tomonidan, yozmoqda Sputnik Qirgʻiziston.

Soipov 2010 yili "grin kard" lotereyasini yutgan va oʻsha yilning oʻzida AQShga joʻnab ketgan. Soʻnggi bir necha yil davomida u AQShda vaqtincha istiqomat qilayotgan oʻzbekistonlik ayol bilan fuqarolik nikohida boʻlgan. S.Soipov AQShda boʻlishi davrida Oʻzbekistonning diplomatiya vakolatxonalarida konsullik hisobida turmagan, holbuki amaldagi yuridik meʼyorlarga muvofiq konsullik hisobida turishi lozim boʻlgan.

Eslatib oʻtamiz, 31 oktyabr mahalliy vaqt bilan soat 15 larda Nyu-York shahrida yuk avtomobili piyodalar va velosipedchilarning ustiga qasddan haydab borilgani oqibatida sakkiz inson hayotdan koʻz yumgan, 11 kishi jarohatlangan. Hujum qurbonlari orasida besh nafar argentinalik boʻlgan. Politsiya hujumchini otib yaralagan. Uning yuk mashinasining ichidan "Islomiy davlat" guruhiga ishora qiluvchi yozuv topilgan.

Yangiliklar lentasi
0