ShHT maxsus xizmatlari tomonidan Rossiyada o‘tgan yili 40 ta terakt oldi olindi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZasedanie komissii RATS ShOS v Tashkente
Zasedanie komissii RATS ShOS v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2016 yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Tojikiston va Qirg‘iziston hamkasblari bilan Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod shaharlarida tayyorgarlik bosqichida bo‘lgan 40 ta terrorchilik jinoyatlari fosh qilindi

TOShKENT, 1 noya — Sputnik. Bugun Toshkentda "Terrorizmga qarshi kurashish — chegarasiz hamkorlik" mavzusi o‘tkazilgan anjumanda ShHT mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi rahbari Yevgeniy Sisoyev jahondagi terrorchilik vaziyat haqida axborot berdi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
ShHT: Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi terrorchi jangarilar hujum qilishga tayyor

Uning so‘zlariga ko‘ra, dunyoda notinch va bashorat qilish murakkab bo‘lgan vaziyat hosil bo‘lgan. Yaqin Sharqda to‘qnashuvlar davom etib, dunyo mamlakatlari tinchligiga tahdid solmoqda.

"Aksil terrorchilik kuchlarning harbiy bosimi natijasida Suriya va Iroq hududida jangovar harakatlarining jo‘g‘rofiyasi o‘zgarishi bilan terrorchilarning taktikasi ham o‘zgarmoqda. Xalqaro terrorchilik uyushmalar a’zolari Afg‘oniston hududiga o‘tib olmoqdalar, jumladan ShHTga a’zo davlatlarining chegaralariga yaqinlashmoqda. Shuningdek, terrorchilar kelib chiqish mamlakatlariga qaytib, u yerda xufona guruhlarni tashkil qilishmoqda", — dedi Sisoyev.

ShHT aksil terrorchilik tuzilmasi rahbari fikriga ko‘ra, ushbu shart-sharoitlarda tahdidlarga qarshi chora-tadbirlarni aniqlash va amalga oshirish tuzilmaning eng dolzarb vazifasi hisoblanadi.

Sisoyev so‘zlariga ko‘ra, aksil terrorchilik tuzilmasi amaliy faoliyat va muvofiqlashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega bo‘ldi. O‘zaro axborot almashinuvi va  tezkor — qidiruv va protsessual harakatlarni amalga oshirish bo‘yicha meyoriy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Tuzilma kengashi tomonidan hamkorlikda qabul qilingan choralar asosida terrorizm uchun xalqaro qidiruvda bo‘lgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish va ekstraditsiya qilish ishlari amalga oshiriladi.

"Yuzaga kelgan tezkor vaziyatni hisobga olgan holda aksil terrorchilik tuzilmasining istiqbolli vazifasi — xalqaro terrorchilik uyushmalari asosini tashkil qiluvchi xorijiy terrorchi jangarilarga kurashish hisoblanadi. Buning uchun "Islomiy davlat", "Jabxat an-Nusra", "Xizb ut-Tahrir al-Islomiya", Sharqiy Turkiston islomiy harakati, Tojikiston islomiy tiklanish partiyasi va boshqalar faoliyati to‘g‘risida o‘zaro axborot almashinuvi olib boriladi. Bu Yaqin Sharq mamlakatlariga terrorchilik uyushmasiga qo‘shilgan shaxslarni hisobga olish va qidirishda yordam bermoqda", — deb ta’kidladi aksilterrorchilik tuzilmasi rahbari.

Sisoyeva so‘zlariga qaraganda, hamkorlikni yanada rivojlanishiga har yili 2-3 marotaba o‘tkaziladigan aksilterrorchilik o‘quv mashg‘ulotlar o‘z natijasini bermoqda. Xususan, Tojikiston, Xitoy va Rossiya maxsus xizmatlari Dushanbe, Artush, Yaroslavl shaharlarida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Denejnie kupuri Rossii i SShA - Sputnik O‘zbekiston
Terrorizmga aloqador 150 nafar Markaziy osiyoliklarning mablag‘lari muzlatib qo‘yildi
"Bu faoliyat o‘zining samarali natijalarini bermoqda. Jumladan, 2016-yilda Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Tojikiston va Qirg‘iziston hamkasblari bilan Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Nijniy Novgorod shaharlarida tayyorgarlik bosqichida bo‘lgan 40 ta terrorchilik jinoyatlari fosh qilindi. Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya vakolatli organlari tomonidan "Islomiy davlat" terrorchilik uyushmasi tomonidan ShHT davlatlarida rejalashtirilgan terrorchilik harakatlari oldi olindi", — deb axborot berdi aksilterrorchilik tuzilmasi direktori.

Shu bilan birga, qozog‘istonlik sheriklar bilan birgalikda qidiruvda bo‘lgan 5 nafar xalqaro terrorchilik uyushmasi a’zolari Qirg‘iziston, Rossiya va O‘zbekistonga topshirildi. Yana 14 nafar terrorchilar Qirg‘iziston va Rossiyada qo‘lga olindi. Xitoy va Qirg‘iziston maxsus xizmatlarining yaqin hamkorligi natijasida 2016-yil 30-avgustda Qirg‘izistondagi Xitoy elchixonasi xodimlariga nisbatan sodir etilgan terakt qisqa muddatda ochildi.

Sisoyevning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston va Rossiya maxsus xizmatlar hamkorlikdagi harakatlar natijasida Rossiya hududida "Ansurullox" terrorchilik guruhining 26 nafar a’zosi qo‘lga olinib, Tojikistonga ekstraditsiya qilindi.

Hamkorlikda harakatlar natijasida xalqaro terrorchilik uyushmasiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan 200 shaxs to‘xtatib qolindi. Terrorizmni moliyalashtirilishiga aloqador bo‘lgan 2000 shaxsning hisob raqamlari muzlatib qo‘yildi. Shuningdek, 100 dan ortiq terrorchilikni targ‘ib qiluvchi internet resurslar cheklab qo‘yildi.

Yangiliklar lentasi
0