Terrorizmga aloqador 150 nafar Markaziy osiyoliklarning mablag‘lari muzlatib qo‘yildi

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri Rossii i SShA
Denejnie kupuri Rossii i SShA - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bundan tashqari, terrorizmni moliyalashtirishga aloqador bo‘lgan 200 nafar shaxslar aniqlangan

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Markaziy Osiyo davlatlarida terrorizmga aloqador kamida 150 nafar shaxslarning pul mablag‘lari muzlatib qo‘yildi. Bu haqda Rossiya moliyaviy monitoring rahbari Yuriy Chixanchin ma’lum qildi.

Predstavitel OBSE po voprosam svobodi SMI Garlem Dezir - Sputnik O‘zbekiston
YeXHT Markaziy Osiyo davlatlarini qamoqdagi barcha jurnalistlarni ozod qilishga chaqirdi

"Shuni aytish mumkinki, biz terrorizm bilan kurashga aloqador masalalar bo‘yicha xalqaro maydonchalar, birinchi navbatda Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro yaxshi munosabatlarni yo‘lga qo‘ydik. Biz o‘zaro ma’lumot almashmoqdamiz. Mavjud bo‘lgan ma’lumotlarimizga ko‘ra, Markaziy Osiyo mamlakatlarida kamida 150 kishining aktivlari muzlatib qo‘yilgan", — dedi Chixanchin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya moliyaviy monitoring Markaziy Osiyo davlatlarida yashayotgan, lekin Rossiyada bo‘lgan 100 ga yaqin odamlarning aktivlari muzlatib qo‘ygan.

"Biz Rossiya Federal xavfsizlik xizmati va tijorat banklar bilan hamkorlikda terrorchilarni moliyaviy harakati modelini yaratishga erishdik. Bu o‘z navbatida 200 ga yaqin shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan jinoyat ishlarini qo‘zg‘atishga imkoniyat berdi. Banklar o‘zlari bu alomatlar bo‘yicha aniqlashni o‘zlashtirib oldilar. Bu eng asosiy natijadir", — deb ta’kidladi Rossiya moliyaviy monitoring rahbari.

Antiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Rossiya terrorizmga qarshi kurashishda axborot almashinuvini kuchaytirmoqda
MDH Aksil terrorchilik markazi tomonidan o‘tkazilgan maxsus operatsiya davomida 2017-yilda terrorizmni moliyalashtirilishiga aloqador bo‘lgan 73 nafar shaxs aniqlandi. Bu haqda markaz direktori politsiya general polkovnigi Andrey Novikov ma’lum qildi.

"MDH davlatlari moliyaviy bo‘linmalari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan maxsus "Baryer" operatsiyasi natijasida 2017-yilning o‘zida terrorizmni moliyalashtirishiga aloqador bo‘lgan 73 nafar shaxs aniqlangan" — dedi u.

Novikovning so‘zlariga ko‘ra, muntazam o‘tkazilayotgan maxsus "Tral-Antiterror" operatsiyasi natijasida 2017-yilda terrorizm uchun qidiruvda bo‘lgan, lekin boshqa umumiy jinoyatlar bo‘yicha qamoq jazosini o‘tayotgan 17 nafar shaxs aniqlangan.

Bundan tashqari, 2016-2017 yillar mobaynida markaz tomonidan MDH davlatlarida qidiruvda bo‘lgan 500 nafar xorijiy jangarilarning turar joylari aniqlandi.

Uning fikriga ko‘ra, "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi Markaziy Osiyoda ekstremizmning yangi g‘oyasini tatbiq etmoqda. IDning Markaziy Osiyoda quyidagi murakkab hodisalarda tarqalmoqda: xususan turkiy xalqlarini birlashtirish, an’anaviy hayotga o‘zgarishlar kiritish va mintaqadagi geosiyosiy raqobat.

Yangiliklar lentasi
0