ShHT: Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi terrorchi jangarilar hujum qilishga tayyor

© Sputnik / Bolat ShayxinovFlag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS
Flag Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva i flagi stran uchastnis ShOS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Terrorchilar jiddiy talofatlar ko‘rganligiga qaramasdan hamon o‘zining jangovar kuchini saqlab qolmoqda. Terrorchilar mamlakat ichida va uning tashqarisida muvofiqlashtirilgan hujumlarni uyushtirishga tayyor", — dedi ShHT mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi direktor o‘rinbosari Axat Mukashev.

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi terrorchilik guruhlari jiddiy talofatlar ko‘rishiga qaramasdan hamon o‘zining jangovar kuchini saqlab qolmoqda. Bu haqda bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ShHT mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi ijroiya qo‘mitasining direktor movuni Axat Mukashev ma’lum qildi.

Denejnie kupuri Rossii i SShA - Sputnik O‘zbekiston
Terrorizmga aloqador 150 nafar Markaziy osiyoliklarning mablag‘lari muzlatib qo‘yildi

Bugun Toshkentda ShHTga a’zo davlatlar Oliy sud raislarining 12-chi yig‘ilishi o‘z ish faoliyatini boshladi.

Yig‘ilishda so‘zga chiqqan Mukashev "ShHT mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi Yaqin Sharq va Afg‘onistondagi terrorchilik uyushmalari dunyo mamlakatlari xavfsizligiga hamon tahdid solayotganligi haqida xalqaro ekspertlarining fikrlariga qo‘shiladi", — deb ta’kidladi.

"Terrorchilar jiddiy talofatlar ko‘rganligiga qaramasdan hamon o‘zining jangovar kuchini saqlab qolmoqda. Terrorchilar mamlakat ichida va uning tashqarisida muvofiqlashtirilgan hujumlarni uyushtirishga tayyor", — dedi mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi direktor o‘rinbosari.

"Afg‘onistonda, ayniqsa uning shimoliy tumanlarida terrorchi tuzilmalarining odam soni ko‘payishi ShHTga a’zo davlatlar xavfsizligiga jiddiy tahdid qilmoqda", — deb ta’kidladi Mukashev.

Uning fikriga ko‘ra, bu sharoitlarda yangi tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha ShHTning vakolatli idoralarining hamkorligini mustahkamlash — ShHT Mintaqaviy aksil terrorchilik tuzilmasi faoliyatining asosini tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, ShHT- xalqaro tashkilot bo‘lib, 2001-yilda Xitoy, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan tashkil etilgan. 2016-yil iyun oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan sammitda ShHTga Xindiston va Pokiston qabul qilinishi to‘g‘risida memorandumlar imzolangan. Ostona shahrida o‘tkazilayotgan sammitda bu ikki davlat ShHTning to‘laqonli a’zolariga aylangan. ShHT aksil terrorchilik mintaqaviy tuzilmasi bosh qarorgohi Toshkent shahrida joylashgan.

Yangiliklar lentasi
0