Doing Business reytingida O‘zbekiston yuqoriga ko‘tarildi

Obuna bo‘lish
Jahon bankining nufuzli reytingida O‘zbekiston 4 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan bo‘lsada oltita muhim ko‘rsatkichlar bo‘yicha sezilarli darajaja yuqoriga ko‘tarildi.

TOShKENT, 1 noya – Sputnik. Bu yil O‘zbekiston biznes uchun sharoitlarni yaxshilashga harakat qilayotgan 10 ta islohotchi davlat qatoriga kirdi, deb xabar qilmoqda iqtisodiyot vazirligining matbuot xizmati.

Chips ishlab chiqarish uskunasi - Sputnik O‘zbekiston
Kichik biznes uchun asbob-uskunalar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonda bir yil ichida Jahon bankining “Biznesni yuritish 2018” (Doing business) hisobotidagi 10 ta indikatorning 6 tasi bo‘yicha sezilarli o‘sishning qayd etilgan. 

Xususan, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish tizimi 11-o‘ringa ko‘tarilib, AQSh, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Ispaniya, Daniya va boshqa rivojlangan davlatlarni ortda qoldirdi.

Ikkinchidan, elektr tarmoqlariga ulanish ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston 56 pog‘ona yuqorilab, reytingda 27-o‘rinni egalladi hamda bu indikator bo‘yicha AQSh, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Ispaniya, Latviya, Turkiya, Qozog‘iston, Kanada, Isroil kabi mamlakatlardan o‘tib ketdi.

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston
Markaziy bank tadbirkor va fermerlarga valyutani naqd olishga ruxsat berdi

Uchinchidan, yer uchastkalarini olish va qurilishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish uchun talab etiladigan tartib-taomillar soni 23 tadan 17 tagacha qisqarib, bu qurilishga ruxsat olish ko‘rsatkichi bo‘yicha mamlakat reytingining 12 pog‘onaga yaxshilanishiga xizmat qildi.

To‘rtinchidan, soliq hisobotlarini topshirishning to‘liq elektron shakliga o‘tish, O‘zbekistonni 138-o‘rindan 78-o‘ringa ko‘tardi.

Beshinchidan, “Yagona darcha” markazlari orqali amalga oshiriladigan mulkni ro‘yxatga olish ko‘rsatkichi bo‘yicha O‘zbekiston 73-pog‘onaga ko‘tarildi.

Kelishuv - Sputnik O‘zbekiston
Kichik tadbirkorlarga bankdan kredit olish osonlashdi

Oltinchidan, olinadigan soliqlar miqdori bo‘yicha O‘zbekiston 20 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi. Lekin dunyoning yetakchi AQSh, Avstraliya, Germaniya, Shvetsiya, Turkiya, Xitoy va Rossiya kabi davlatlardagidan ancha pastda qolmoqda.

Xozirgi kunda O‘zbekiston korxonani ro‘yxatdan o‘tkazish (11-o‘rin), elektr tarmoqlariga ulanish (27), shartnomalar ijrosini ta’minlash (39), kreditlash tizimi (55), minoritar investorlar himoyasi (62), mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish (73) va soliqqa tortish (78) yo‘nalishlari bo‘yicha jahonning birinchi 100 mamlakati qatoridan joy oldi.

“Biznes yuritish 2018” reytingida birinchi o‘rinda Yangi Zelandiya, keyin Singapur, Daniya, Koreya Respublikasi va Gonkong (Xitoy) joy olgan.

Yangiliklar lentasi
0