Kichik biznes uchun asbob-uskunalar yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

© Sputnik / Vladimir Pesnya / Mediabankka o‘tishChips ishlab chiqarish uskunasi
Chips ishlab chiqarish uskunasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmada axborot texnologiyasi, energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati, qurilish va boshqa sohalarga oid asbob-uskunalar ishlab chiqariuvchilari qatnashishi kutilmoqda.

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Ushbu yilning 8-10 noyabrida Toshkentda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida “Kichik biznes uchun asbob-uskuna va mahsulotlar” savdo yarmarkasi bo‘lib o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi.

Ko‘rgazma doirasida tadbirkorlar boshlovchi tadbirkorlarga yordam berish, kichik biznes uchun ishlab chiqarilgan asbob-uskunalarning turli xili bilan tanishish, yangi biznes aloqalar o‘rnatish va hamkorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotni yo‘lga qo‘yish imkoniga ega bo‘ladi.

Xalqaro ko‘rgazmada axborot texnologiyasi, energetika, to‘qimachilik, oziq-ovqat sanoati, kimyo sanoati, qurilish va boshqa sohalarga oid asbob-uskunalar ishlab chiqariuvchilari qatnashishi kutilmoqda.

Ko‘rgazma doirasida shuningdek “Asalchilar mahsuloti yarmarkasi” va Xalq Ustalari mahsulotlari yarmarkasi ham bo‘lib o‘tadi.

Tadbir manzili: Toshkent, Beruniy ko‘chasi 40uy, “Ko‘rgazmaSado Markazi”.

Yangiliklar lentasi
0