"O‘zbekiston - Qirg‘iziston - Xitoy" yo‘nalishi bo‘yicha xalqaro avtokarvon yo‘lga chiqdi

© Sputnik / /StringerTrassa
Trassa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Umumiy uzunligi 900 kilometrdan ziyod masofani tashkil etadigan "Toshkent - Andijon - O‘sh - Irkishtom - Qoshg‘ar" yo‘nalishining ochilishi O‘zbekistondan Xitoygacha bo‘lgan yuk tashish xarajatini sezilarli ravishda kamaytirish va vaqtni tejash imkonini beradi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. "Toshkent — Andijon — O‘sh — Irkishtom — Qoshg‘ar" yo‘nalishi bo‘yicha transport qatnovi yo‘lga qo‘yildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Hukumat portali.

Premyer-ministr Uzbekistana Abdulla Aripov pribil s rabochim vizitom v Kirgizstan - Sputnik O‘zbekiston
Bosh vazir "Baku-Tbilisi-Kars" temir yo‘li ochilish marosimida ishtirok etadi
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri Elor G‘aniyev, Qirg‘iziston Respublikasi transport va yo‘l vaziri Jamshidbek Kalilov, Xitoy Xalq Respublikasi Transport vazirligi xavfsizlik bo‘yicha departamenti direktori Chen Pin va boshqalar qatnashdi. "Toshkent — Andijon — O‘sh — Irkishtom — Qoshg‘ar" avtomobil yo‘lagining ochilishi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada kengaytirish, investitsiyalar, moliya, transport infratuzilmasini rivojlantirish, Markaziy Osiyo bo‘ylab yuk tashish hajmini, tranzit salohiyatini sezilarli oshirishga xizmat ishi ta’kidladi.

Umumiy uzunligi 900 kilometrdan ziyod masofani tashkil etadigan "Toshkent — Andijon — O‘sh — Irkishtom — Qoshg‘ar" yo‘nalishining ochilishi O‘zbekistondan Xitoygacha bo‘lgan yuk tashish xarajatini sezilarli ravishda kamaytirish va vaqtni tejash imkonini beradi.

"Toshkent — Andijon — O‘sh — Irkishtom — Qoshg‘ar" qatnovining ochilishi mamlakatlarimiz uchun ulkan iqtisodiy imkoniyatlarni taqdim etishi bilan muhim ahamiyatga ega, — dedi Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sun Lisze. — Yangi avtomobil yo‘lagi mintaqa davlatlari o‘rtasida o‘zaro manfaatli aloqalarni kengaytirish, mamlakatlarimiz hududlari orqali jahon bozorlariga chiqish, zamonaviy transport kommunikatsiyalarini o‘zaro integratsiyalashda muhim o‘rin tutadi.

Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan O‘zbekiston azaldan davlatlararo savdo-iqtisodiy, madaniy aloqalarni mustahkamlashda faol ishtirok etib kelgan. Mazkur loyihaning asosiy maqsadi bu yo‘nalishdagi ishlarni sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish tendensiyalarini davom ettirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvatlash, mamlakatlararo barqaror yuksalishga ko‘maklashishdan iborat.

Granitsa mejdu Kirgizstanom i Kazaxstanom - Sputnik O‘zbekiston
Ostona-Bishkek mojarosi: Qozog‘iston "yo‘l xaritasi"ni imzolamadi
"O‘zbekiston — Qirg‘iziston — Xitoy" yo‘nalishidagi avtokarvon bilan yuklarni tashish uchun o‘rtacha ikki kun talab etiladi, — dedi O‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligining bo‘lim boshlig‘i Baxtiyor Odilov. — Ilk marotaba amalga oshirilayotgan avtokarvon kelgusida ushbu yo‘nalishda istiqbolli dasturlarni ishlab chiqish, yangi yo‘nalishlar ochish, yuk tashish xavfsizligini ta’minlash va ularga qulay sharoitlar yaratish tizimini yanada isloh qilishga xizmat qiladi.

Xalqaro avtokarvon doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoy yuk mashinalari "Toshkent — Andijon — O‘sh — Irkishtom — Qoshg‘ar" yo‘nalishi bo‘yicha ilk bor yo‘lga chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0