OAV: Gulnora Karimova jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahrida sud eshituvlari boshlanadi

© Sputnik / Valeriy LevitinGulnara Karimova
Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston tomonidan xabar berilishicha, yaqin kunlar ichida Toshkentda Gulnora Karimova ishiga oid sud eshituvi o‘tkaziladi va shu sabab shveysariyalik tergovchilar u bilan ko‘risha olmaydilar

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Yaqin kunlarda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova jinoyat ishi bo‘yicha Toshkent shahrida sud eshituvlari boshlanadi, deb xabar qilgan xorij OAVlariga tayangan holda "Qalampir" nashri.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Pritchin xulosasi: Gulnora Karimova tirik. U hozir O‘zbekistonda
Shveysariyalik tergovchilar kelasi hafta Gulnora Karimova bilan yuzma-yuz ko‘rishish va u bilan bog‘liq korrupsiya va katta miqdorda pul o‘zlashtirish bilan bog‘liq ishni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekistonga kelishlari rejalashtirilgan edi. Ammo so‘nggi xabarlarga qaraganda, tashrif noma’lum vaqtga qoldirilgan.

O‘zbekiston tomonidan xabar berilishicha, yaqin kunlar ichida Toshkentda Gulnora Karimova ishiga oid sud eshituvi o‘tkaziladi va shu sabab shveysariyalik tergovchilar u bilan ko‘risha olmaydilar.

Hozircha bu haqda boshqa ma’lumotlar keltirilmagan. Qaysi sudda eshituv o‘tkazilishi va Gulnora Karimova qayerda ekanligi noma’lum.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Gulnora Karimova jinoiy ishi bo‘yicha to‘liq rasmiy ma’lumotni e’lon qilgan edi. Unda qayd etilishicha, hozirda 12 ta xorijiy davlat hududida 1 mlrd 394,1 mln AQSh dollari, 63,5 mln yevro, 27,1 mln funt va 18,5 mln frank miqdordagi mablag‘ legallashtirilgan.

Gulnora Karimova O‘zbekistondan 2 mlrd $ o‘g‘irlagan
Gulnora Karimovaning korrupsiya va pulni o‘zlashtirish bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etishdagi aybi uyushgan jinoiy guruh a’zolari N.Sodiqov, R.Madumarov, Sh.Sobirov va boshqalarning, guvohlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatuvlari, uyushgan guruh nazoratidagi 45 ta xo‘jalik yurituvchi subyektlar va 16 ta offshor kompaniyalar faoliyatini tekshirish materiallari, olingan yozma va ashyoviy dalillar, ekspertiza xulosalari hamda ish bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan o‘z tasdig‘ini topgan.

Gulnora Karimovaga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168, 178, 182, 189, 228 va 243-moddalari bilan ayblov e’lon qilinib, unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Yangiliklar lentasi
0