Gulnora Karimova O‘zbekistondan 2 mlrd $ o‘g‘irlagan

Obuna bo‘lish
Gulnora Karimova 2001 – 2013-yillar davomida O‘zbekistonda davlat va fuqarolar mulkidan 1,994 mlrd $ o‘g‘irlagan.

TOShKENT, 28-iyul – Sputnik. O‘zbekiston Bosh prokuraturasi tyergov materiallari bo‘yicha, Gulnora Karimova tomonidan davlat va fuqarolar manfaatlariga yetkazilgan zararning umumiy summasi — 1,994 mlrd  AQSh Dollarini tashkil qilgan.

Gulnara Karimova - Sputnik O‘zbekiston
Bosh prokuratura Gulnora Karimova ustidan ochilgan jinoyat ishlari bo‘yicha xabar berdi

Shuningdek, ayni damda, chet mamlakatlarda Gulnora Karimovaga tegishli umumiy qiymati 1,500 mlrd $ dan ortiq bo‘lgan mablag‘lar va mol-mulk aniqlangan.

Xususan,Shveysariyada – 797 mln $, Shvetsiyada – 30 mln $, Buyuk Britaniyada  - 35,9 mln $, Fransiyada – 61,4 mln $ Latviyada 27,03 mln $, Irlandiyada – 300 mln $, Maltada – 48,8 mln $, Germaniyada – 2,34 mln $, Ispaniyada —82 ming $, Rossiyada – 6 mln $, Gonkongda – 67 mln $, BAAda —130 mln $.

Shu o‘rinda, aytib o‘tish joizki, bu O‘zbekiston YaIMining 2,9 %ini tashkil qiladi. 2016-yilda O‘zbekiston YaIMi — 67,22 mlrd $ni tashkil qilgan edi. Albatta, ushbu mablag‘lar chet mamlakatlarga olib chiqib ketilmay, O‘zbekiston ichida samarali foydalanilganida,  o‘tgan yillar davomida ulardan mamlakat iqtisodiga bir necha barobar ziyod foyda kelgan bo‘lar edi.

Yangiliklar lentasi
0