Islombek To‘laganov nega 6-yilga ozodlikdan mahrum etildi - sudya izohi

© SputnikIslom Tulaganov
Islom Tulaganov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Mirobod tuman sudida Jasur Ibrohimov o‘limida ayblanayotgan Islombek To‘laganov ustidan sud hukmi e’lon qilindi

TOShKENT, 30 okt — Sputnik. 2017-yil 3-may kuni Borovskiy tibbiyot kolleji talabalari o‘rtasida ro‘y berib, nafaqat O‘zbekiston, balki xorijiy OAVlar tomonidan keng yoritib kelingan, fojiani keltirib chiqargan mushtlashuv yuzasidan boshlangan sud o‘z nihoyasiga yetdi. Jasurbek Ibrohimov o‘limida ayblanib kelayotgan Islobek To‘laganov sud hukmi bilan 6-yilga ozodlikdan mahrum etildi, deb xabar qildi sud zalidan Sputnik muxbiri.

Quyida sudya M. Matjonov tomonidan o‘qib eshittirilgan hukmni e’tiboringizga havola qilamiz.

Preniya advokatov, delo Jasura Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Hukm oldidan muzokara: Jasur Ibrohimov o‘limida birgina Islom To‘laganov aybdormi?
Sudya jabrlanuvchi tomon — Jasur Ibrohimovning onasi Nilufar Aliyeva tomonidan — o‘g‘lim birgina Islom To‘laganov emas, balki sudda mushtlashuv guvohlari sifatida ko‘rsatma bergan Borovskiy kolleji talabalari tomonidan kaltaklangan degan taxminlarni keskin rad etdi va quyidagi xulosani bildirdi:

"Sud jinoyat sodir bo‘lgan joyda shaxsan ishtirok etmagan, bundan tashqari Aliyeva atrofidagi ba’zi shaxslarning o‘ylab topgan mavhum vajlar asosida uning o‘g‘li bir guruh shaxslar tomonidan do‘pposlangan degan turg‘un fikr paydo bo‘lgan degan xulosaga keladi.

Sud hamshira Siddiqovaning jabrlanuvchi Jasur Ibrohimov bilan 2017-yil 3-maydan 18-may kunlari kasalxonaning reanimatsiya bo‘limida navbatchi bo‘lganida hamda sog‘lig‘i bir muncha yaxshilangan paytda Jasur bilan uning munosabatlari ishonchli bo‘lib qolganida, Jasurni guyoki hamma bolalar birma — bir ko‘pchilik bo‘lib urganligini aytganligiga baho berib, hamshira Siddiqova sudda ushbu ko‘rsatmalardan raislik qiluvchi va protsess ishtirokchilarining savollariga, ya’ni aynan kimlar tomonidan tan jarohat yetkazganligi haqidagi savollarga javob bera olmagan", — deb aytdi sudya. 

Binobarin O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudining plenumining "Dallillar maqbulligiga oid jinoiyat-protsessual qonun normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida"gi 2004-yil 24-sentabrdagi qarorining birinchi bandida, Jinoyat-protsessual kodekssining 11-moddasida mustahkamlangan qonuniylik prinsipiga muvofiq, har bir jinoyat ishi bo‘yicha ish yuritish jinoyat-protsessual qonunida belgilangan tartibga qat’iy rioya etilgan holda amalga oshirilishi shart degan sudlarga tushuncha berilgan.

Zasedanie po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi: Zemfira, kutilmagan guvoh va hammasini ko‘rgan usta
Sud hamshira Siddiqovaning ushbu ko‘rsatmalarini dastlabki tergov jarayonida, ya’ni voqea sodir bo‘lgandan ko‘p vaqt o‘tmasdan bermay, aynan hozir berganini sudni chalg‘itish maqsadida berilgan degan xulosaga keladi.

Sud sudlanuvchi Tulaganovga jazoni tayinlashda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining 2006-yil 6-fevraldagi "Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida"gi 1-sonli qarorining 3-bandidagi Jinoyat kodeksining 8, 54 — moddalar mazmuniga ko‘ra jazo adolatli bo‘lishi, har bir holatda individual tayinlanishi, jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavfliylik darajasiga, aybdorning shaxsiga, shuningdek, jazoni yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi hollatlarga muvofiq bo‘lishi kerak degan ko‘rsatmalariga amal qilib, jazoning turi va miqdorini belgilashda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 55 va 56 — moddalarida nazarda tutilgan javobgarlikning yengilashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni, ya’ni sudlanuvchi muqaddam sudlanmaganligi, yoshligini, jinoyat sodir etgan vaqtda voyaga yetmaganligini, yashash joyidan ijobiy tavsiflanishini yengilashtiruvchi holat deb topib, shu bilan birga sodir etilgan jinoyat ijtimoiy xavflilik darajasi hamda Tulyaganovning jinoyatni sodir etish paytda voyaga yetmaganligini e’tiborga olib O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 85-moddasini qo‘llagan holda ozodlikdan mahrum etish jazosini qo‘llash lozim deb topadi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 211-moddasiga asosan sud jinoyat ishidagi daliliy ashyolar masalasini muhokama qilib, jabrlanuvchi Ibrohimovning oq rangli maykasi va havo rang jinsi shimini jabrlanuvchi vakili Aliyevaga qaytarishni;

Lochinov Farhod Nazarovich, sud eksperti - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha davlat sud eksperti ko‘rsatma berdi
Jabrlanuvchiga ko‘rsatilgan tibbiy mulojala ko‘rsatilgan 7 — sonli, 1 — sonli, 2 — sonli shifoxonalar hamda respublika shoshilinch tez yordam milliy markaz tomonidan yuritilgan kasallik tarix hujjatlari va boshqa hujjatlarini jinoyat ishida qoldirishlikni lozim debtopadi.

Shu bilan birga, sud jabrlanuvchiga qonuniy vakili Aliyevaga boshqa qiziquvchi taraflarga jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish masalasi haqida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudiga murojaat qilish huquqlarini tushuntirishlikni lozim deb topadi.

O‘zbekiston Respublikasi jinoyat protsessual kodeksining 454, 457, 460, 463, 465, 468, 471, 473-moddalari amal qilib, sud hukm qiladi:

Tulyaganov Islombek Abdujalilovich O‘zbekiston Respublikasi 104 — moddasi 3 qismi "d" bandi nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilsin va unga Jinoyat kodeksining 104 — moddasi 3 qismi "d" bandi bilan Jinoyat kodeksining 85-moddasi qo‘llagan holda 6-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlansin. Tayinlangan jazo umumiy tartibda koloniyalarda o‘ttatirilsin. Jazo muddati 2017-yil 5-iyundan boshlab hisoblansin. Tulaganov Islombek Abdujalilovichga nisbatan qo‘llanilgan "qamoqqa olish" tarzidagi ehtiyot chorasi o‘zgarishsiz qoldirilsin.

Jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyo deb topilgan jabrlanuvchi Ibrohimovning oq rangli maykasi va havo rang jinsi shimi jabrlanuvchi vakili Aliyevaga qaytarilsin.

Jabrlanuvchiga tibbiy mulojala ko‘rsatilgan kasalxonalarda yuritilgan kasallik tarix hujjatlari va boshqa tibbiy hujjatlarni jinoyat ishida qoldirilsin.

Jabrlanuvchi marhumning qonuniy vakili Aliyeva va boshqa qiziquvchi taraflarga mazkur jinoyat oqibatida yetkazilgan moddiy va ma’naviy zararlarni undirish bo‘yicha masalasida fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga murojaat qilish huquqlari tushuntirilsin.

Hukm e’lon qilingan kundan boshlab 10 kun ichida mahkum va jabrlanuvchi vakillari hukm nusxasi olgan kundan boshlab 10 sutka ichida mazkur sud orqali jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi appelyatsiya sudlov instansiyasiga, hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng hukm ustidan agar ish appelyatsiya tartibida ko‘rililmagan bo‘lsa, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent sudi kassatsiya sudlov hay’atiga shikoyat berilishi yoki protest keltirishga haqlidirlar".

Yangiliklar lentasi
0