Jasur Ibrohimov ishi bo‘yicha davlat sud eksperti ko‘rsatma berdi

© Dilshoda RaxmatovaLochinov Farhod Nazarovich, sud eksperti
Lochinov Farhod Nazarovich, sud eksperti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jasur Ibrohimov o‘limi yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish bo‘yicha sud majlisi davom etmoqda. Bu safar marhumni bevosita yorib ko‘rgan va tibbiy xulosa yozgan sud eksperti ko‘rsatmalari tinglandi

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Mirobod tuman jinoiy ishlar sudida Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji talabasi Jasur Ibrohimovning o‘limi yuzasidan oltinchi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi sud tibbiy ekspertiza Bosh burosi eksperti Lochinov Farhod Nazarovich so‘roq qilindi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Molotok - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimov ishi: Islombek To‘laganovni qo‘shimcha advokat himoya qiladigan bo‘ldi

Lochinov o‘z ko‘rsatmalari avvalida ekspert xulosasi 2017-yil 1-iyunda  amaldagi qonunchilik asosida tuzilganligini ma’lum qildi.

Ibrohimov o‘limi sabablari

Ekspert so‘zlariga ko‘ra, Ibrohimovning o‘limi sabablari "3 may kuni olgan tan jarohatlari asorati bilan bog‘liq bo‘lib, ushbu tan jarohatlari  tashqi ta’sir (jismoniy ta’sir) tufayli yuzaga kelgan". Marhumni bevosita yorib ko‘rgan ekspertning aytishicha, Ibrohimovda hech qanday surunkali kasallik aniqlanmagan, ya’ni u sog‘lom bo‘lgan.

Jarohatlar kelib chiqishi sabablari

"Tan jarohatlari o‘sha joylarga o‘tmas qattiq jism(inson qo‘l va oyoqlari)ning bir necha marta ta’siri natijasida yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin", — dedi ekspert.

"O‘n ikki barmoqli ichakning yorilishi sohasida boshqa tan jarohatlarining mavjudligi, ya’ni ko‘ndalang chambarichak gematomasi, oshqozon bezining lat yeyishidan xulosa qilish mumkin-ki, ushbu jarohatlar — qorinning oldi tomonidan yetkazilgan zarba natijasi bo‘lishi mumkin", — ta’kidladi ekspert.

Lochinovning so‘zlariga ko‘ra, J. Ibrohimov olgan tan jarohatlari og‘irlik darajasi bo‘yicha, tibbiy yordam ko‘rsatilishidan qat’iy nazar, hayot uchun xavfli tan jarohati belgilariga ega.

Lochinov, shuningdek, sudlanuvchi kursisida o‘tirgan Islombek To‘laganovning "Ushbu jarohatlarni olgan Jasur o‘z oyoqlari bilan uyigacha yurib borishi mumkinmidi?" degan mazmundagi savoliga "Ha, bu birdaniga o‘limga olib keladigan jarohat emas", deya javob berdi.

Eslatib o‘tamiz, bundan oldingi sud eshittiruvida Jasur Ibrohimovni davolagan vrachlar ko‘rsatmasi tinglangan edi.

Zasedanie po delu ob izbiyenii Jasurbeka Ibragimova - Sputnik O‘zbekiston
Jasur Ibrohimovning kursdoshlari sudda guvohlik berishdi
2-sonli shahar bolalar jarrohlik shifoxonasi bosh vrach yordamchisi Tohir Hasanov 3-may kuni tungi navbatchilikda bo‘lganida kasalxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan Jasur Ibrohimovni ko‘rikdan o‘tkazganini va unga qo‘shma jarohat — bosh miya yopiq jarohati, bosh miya chayqalishi tashxisi qo‘yganini aytgan edi.

Bundan tashqari Ibrohimovning peshona sohasida ko‘karish, bo‘yni, ko‘krak qafasining old qismi, qornining old tomonida qizarishlar, yumshoq to‘qimalarning ezilishi, teri osti gematomalari va qontalashlar, shilinishlar, kindikning yuqori qismida tufli iziga o‘xshash uzunchoq shaklda iz borligi kuzatilgan.

Yangiliklar lentasi
0