Otliq militsiya tashkil etilayotgan bir paytda otsiz qolgan "militsiya"

© Ilya VarlamovSotrudnik militsii v Uzbekistane
Sotrudnik militsii v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Ichki ishlar organi", degan tushunchani "militsiya" so‘zi o‘rnida ishlatishga urinishmoqda. Lekin samarasiz

Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami ham o‘tdi. Ammo bir savol ochiq qoldi: O‘zbekistonda militsiya aslida militsiyami yoki boshqa nomi bormi?

Militsiya - Sputnik O‘zbekiston
IIV rahbari: O‘zbekistonda hozirda militsiya yo‘q
"Ichki ishlar organlari to‘g‘risida"gi qonunda "militsiya" so‘zi yo‘q. Qolaversa, O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbari Abdusalom Azizov jurnalistlar bilan o‘tkazgan uchrashuvlarining birida O‘zbekistonda "militsiya" atamasi qo‘llanilmayotganini allaqachon aytib o‘tgan.

Militsiya so‘zi XX asrning boshlanishiga qadar "ko‘ngillilar qo‘shini" mazmunini bergan. Huquq-tartibot organiga mos kelmasligi sababli undan voz kechildi. Va bu qarorni "to‘g‘ri" deya baholaganlar ham ko‘p bo‘ldi.

Shu bilan bir vaqtning o‘zida ilgari "militsiya", deb atalgan tuzilma butkul tarqatib yuborilgan ham emas. "Ichki ishlar organi", degan tushunchani "militsiya" so‘zi o‘rnida ishlatishga urinishmoqda. Lekin samarasiz.

Birinchi — ijtimoiy jihati: xalq bu iborani qabul qilmaydi. Ko‘cha-ko‘yda, ro‘parangdan birov vajohat bilan chiqsa, "ichki ishlar organi xodimi, yordam!", deb baqirib bo‘lmaydi-da. Gap yakuniga yetguncha, masala hal bo‘lishi mumkin… 

Ikkinchi — huquqiy tomoni: bu ikki tushuncha bir narsani ifodalamaydi. Ichki ishlar organi — keng tushuncha. U o‘z tarkibiga nafaqat militsiyani, balki ta’minot organlari va boshqa qator yo‘nalishlarni mujassam qiladi. Militsiya esa — kriminal va jamoat xavfsizligi tuzilmalaridan iborat.

"Ichki ishlar organi"  — bu ma’muriy boshqaruv organi emas, bevosita xalq bilan ishlaydigan, odamlar har kun yuzma-yuz keladigan tashkilot. Nomi bu qadar aytib bo‘lmas darajada emas, balki xalqqa yaqin, aniq va lo‘nda bo‘lishi kerak. 

Deyarli butun dunyoda jamoat tartibini saqlash va jinoyatchilikka qarshi kurash tizimlari — "politsiya", deb ataladi. Markaziy Osiyo davlatlarini misol tariqasida oladigan bo‘lsak, qo‘shni Qozog‘iston va Turkmanistonda ushbu tizim — politsiya, Qirg‘iziston va Tojikistonda esa militsiya deb atalib kelinmoqda.

Sotrudniki pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda otliq militsiya paydo bo‘ladi

Balki O‘zbekistonda ham politsiya deb atalsa bo‘lar? Ham huquqiy jihatdan to‘g‘ri, hm quloqqa tanish, qolaversa shoshganda ham tilga yaxshi tushadi.

Aytgancha, yana bir gap, "Ichki ishlar organlari kuni" bayrami bahonasida internet makonida "ichki ishlar organlari xodimlariga jamoat transportidan tekinga foydalanish bekor qilindi" degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

Hayronsan, axborot deganlariyam shunchalar kech e’lon qilinadimi? Bu imtiyoz O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi "Shahar yo‘lovchilar transportidan bepul foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida"gi qonuni bilan allaqachon bekor qilingan axir.

Yangiliklar lentasi
0