Patriarx Kirill Moskvada ishchi muhojirlarga ehtiyoj borligini tan oldi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishPosetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi
Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Moskva va Butun Rus cherkovlari patriarxi Kirill so‘zlariga ko‘ra, Rus pravoslav cherkovi Rossiyaning ulkan hududida ishchi kuch kerakligini yaxshi tushunmoqda

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Moskva va Butun Rus cherkovlari patriarxi Kirill umumiy cherkov yig‘ilishida, Rus pravoslav cherkovi Moskvada uy va yo‘llarni qurilish ishlarini bajarish maqsadida ishchi kuchi yetishmayotganligi sababli xorijiy ishchi muhojirlarni taklif qilish kerakligini yaxshi tushunishini ma’lum qildi. Sputnik Tojikiston xabariga asosan.

Inostrannie grajdane poluchayut trudovoy patent v Yedinom migratsionnom sentre Moskovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Patent narxi 7% ga ko‘tarildi

"Mamlakatimizda mutaxassislar, jamoatchilik vakillari o‘rtasida demografiya masalasi yanada dolzarb bo‘lmoqda. Rossiya juda ulkan hudud, uni o‘zlashtirish kerak va ishlash kerak. Lekin buning uchun ishchi kuch esa yetishmayapti", — dedi Kirill.

Patriarx so‘zlariga ko‘ra, Moskvada qayta yangilash dasturi bo‘yicha ko‘plab uylar, yo‘llar, ko‘priklar qurish ishlari olib borilmoqda. Barcha ishlar moskvaliklar tomonidan qilinmayapti.

"Ular pravoslav kishilar emas. Lekin "gastarbayter" deb ataladiganlarni taklif qilmasdan turib, barcha ishlarni bajarish imkoniyati yo‘qligini to‘g‘ri tushunamiz", — dedi u.

Sal ilgariroq "Rossiya segodnya" xalqaro axborot agentligida "Agressiv ksenofobiya va ekstremistik amaliyotlari davlat va jamiyat uchun tahdidi" mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda Rossiya musulmonlar kengashi raisi, Rossiya Jamoatchilik palatasi a’zosi Albir Krganov Tojikistondan kelgan muhojirlarning radikalizatsiyasi haqida o‘z fikrlarini bergandi.

Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Peterburgda o‘zbek taksichining boshiga o‘q uzgan shaxs qidirilmoqda
Uning so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston, Turkmaniston Afg‘oniston bilan chegarasida bir necha ming kishidan iborat yangi "Xoruson" ekstremistik guruhi tashkil qilinmoqda. Endi eng asosiysi — ushbu ekstremistlar Rossiyadagi tojiklarning katta qismi bilan birlashmasligi kerak.

"Agarda o‘z vaqtida kerakli choralar ko‘rilmasa, Rossiyadan ko‘pchilik tojikistonlik muhojirlarini deportatsiya qilishga majbur bo‘linadi", — deb ta’kidladi Krganov.

Uning fikriga ko‘ra, ushbu zarur yo‘nalishda kam harakatlar qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0