Peterburgda o‘zbek taksichining boshiga o‘q uzgan shaxs qidirilmoqda

© Sputnik / Artem Jitenev / Mediabankka o‘tishTaksi
Taksi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘q taksichining boshini teshib o‘tgan: boshining orqa qismidan kirib chap chakkasidan chiqib ketgan

TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Sankt-Peterburgning Lomonosov tumanida taksi haydovchisi bo‘lib ishlaydigan 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosiga hujum qilgan shaxs qidirilmoqda.

Qidiruv: Peterburgda qirg‘izistonlik taksichi mashinasi bilan g‘oyib bo‘lgan

Kecha kech soat sakkizlarda haydovchi dispetcher orqali yo‘lovchilarni Ropsha posolkasiga eltib qo‘yish to‘g‘risida buyurtma oladi. Mijozlar yevropa irqiga mansub 25-30 yoshli ikki shaxs bo‘lib chiqadi.

Taksi bog‘dorchilik xo‘jaligiga yaqinlashganida haydovchi o‘q ovozini eshitadi va boshida og‘riq his qiladi. Taksichi mashinadan sakrab tushadi va bog‘ ichiga yuguradi. Unga qo‘riqchi yordamga yetib keladi.

Jabrlanuvchi shahar kasalxonasiga olib kelinadi va zudlik bilan operatsiya qilinadi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘q uning boshini teshib o‘tgan: boshining orqa qismidan kirib chap chakkasidan chiqib ketgan.

Mashina bog‘dorchilik xo‘jaligi yonidan topildi. Uning salonidan ikkita rezina o‘q va to‘rtta gilza topildi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ma’lumotlarga ko‘ra, taksiga 2-Komsomolskaya ko‘chasida yashovchi 32 yoshli shaxsga tegishli mobil telefondan  buyurtma berilgan. U ilgari mast holda mashina boshqargani uchun sudlangan bo‘lib, hozirda uni qidirish ishlari davom etmoqda, deb yozadi neva.today internet nashri.

Yangiliklar lentasi
0