TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Moskva shahar dumasi migrantlar uchun ishlash huquqini beruvchi patent narxini 7%ga oshirish, ya’ni 4200 rubldan 4500 rublga ko‘tarish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishdayoq qabul qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.
"Migrantlar eng ko‘p ishlaydigan sohalarda o‘rtacha oylik miqdori 14%ga ko‘tarildi. Migrantlar maoshi sekin sur’atlarda o‘sayotganini hisobga olgan holda, koeffitsiyentlarni 7%ga qayta ko‘rib chiqishni va migrantlar uchun patent narxini 4ming 500 rubl etib ko‘tarishni taklif qilamiz", — deb aytgan Moskva taraqqiyot va siyosat departamenti rahbari Vladimir Yefimov Moskva shahar dumasi majlisida.
Yefimov, shuningdek, patent narxi ikki yil davomida qayta ko‘rib chiqilmaganini ta’kidlagan. Ayni vaqtda muhojirlarga ishlash huquqini beruvchi hujjat- patent uchun to‘lov narxi 4200 rublni tashkil qiladi.