YeXHT Markaziy Osiyo davlatlarini qamoqdagi barcha jurnalistlarni ozod qilishga chaqirdi

© Press-slujba OBSEPredstavitel OBSE po voprosam svobodi SMI Garlem Dezir
Predstavitel OBSE po voprosam svobodi SMI Garlem Dezir - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkentda ikkinchi marotaba "Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika" xalqaro anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti va hukumat vakillari, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Turkmanistondan huquq himoyachilari va jurnalistlar ishtirok etdilar.

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining ommaviy axborot vositalari erkinligi masalalari bo‘yicha idora vakili Garlem Dezir Toshkentdagi mintaqaviy anjumanda so‘zlagan nutqida Markaziy Osiyo mamlakatlarini barcha hibsga olingan jurnalistlarni ozod etishga chorladi. Bu haqda xalqaro tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Arlem Dezir - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda YeXHT vakili OAV erkinligi masalasi bo‘yicha nutq so‘zlaydi

Ushbu mavzuga bag‘ishlangan xalqaro anjuman O‘zbekiston poytaxtida ikkinchi marotaba o‘tkazilib, mintaqaning barcha besh davlat vakillarini to‘pladi. Unda  hukumat vakillari, turli jurnalistlar, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Mongoliya fuqarolik jamiyat va ilm-fan vakillari qatnashdilar. Shuningdek, Belgiya va Avstriyadan bir qancha xalqaro ekspertlar ham ishtirok etishdi.

"Men hibsga olingan Dilmurod Said, Yusuf Ro‘zimurodov, Bobomurod Abdullayev va boshqa barcha jurnalistlarni ozod qilishga chorlayman. Buning imkoniyati bor va buni amalga oshirish zarur", — deb ta’kidladi Dezir O‘zbekiston hukumati vakillari bilan uchrashuv chog‘ida.

Ikki tomonlama uchrashuvda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi o‘rinbosari Sarvar Otamurodov, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘mitasi raisi Ilxom Abdullayev ishtirok etdi.

YeXHT vakili O‘zbekiston hukumatini jurnalistlarning huquqlarini himoya qilish masalasiga e’tibori va Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu anjumanda bunday dolzarb bo‘lgan mavzuni muhokama qilishga imkoniyat berilganligi uchun minnatdorlik bildirdi.

Dezirning so‘zlariga ko‘ra, so‘z erkinligi va ochiq saylov oldi tortishuvlar, shuningdek hukumat vakillarining fuqarolar oldida u yoki bu qarorlar uchun javobgarlikka tortilishi, mavjud bo‘lgan kamchiliklarni aniqlash ishlari davlat boshqaruv sifatini yanada oshirilishiga xizmat qiladi. Bundan tashqari, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti vakili fikr va ommaviy axborot vositalarning erkinligini ta’minlanishi mintaqada xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonadi.

Posolstvo SShA - Sputnik O‘zbekiston
AQSh jurnalist Solijon Abdurahmonovning ozod etilishini olqishladi

Shuningdek, anjuman davomida vakillar "jamiyatning zaif guruhiga kiruvchi insonlar" huquqlarini himoya qilish borasidagi vaziyat, ekologik jurnalistika va ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni muhokama qilindi. Muhokama natijasida Markaziy Osiyoda matbuot erkinligini oshirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar tayyorlandi.

Yevropada havfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili tashkilotga a’zo bo‘lgan 57 ta davlat media sohasidagi vaziyat o‘zgarishlarini kuzatib boradi. U ommaviy axborot vositalari va so‘z erkinligi buzilishi holatlarini oldini olish va Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti doirasida qabul qilingan majburiyatlarini so‘zsiz bajarishga chorlaydi.

O‘zbekistonda keyingi vaqtda turli moddalar bo‘yicha uzoq muddat ozodlikdan mahrum etilgan bir nechta mashhur jamoat vakillari va huquq himoyachilari ozodlikka chiqarilgandi.

Yangiliklar lentasi
0