O‘zbekiston va Rossiya terrorizmga qarshi kurashishda axborot almashinuvini kuchaytirmoqda

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishAntiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii
Antiterroristicheskie ucheniya spesnaza UFSB i UMVD Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ikki davlatning tarmoq vazirlik va idoralari tomonidan tezkor axborot almashinuvi, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda muhim bo‘lgan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etish ishlarini jadallashtirish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 21 sen — Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston xavfsizlik va huquqni muhofaza qiluvchi organlari terrorizm va ekstremizm qarshi kurash doirasida, ma’lumot almashinuvini kuchaytiradi. Bu haqda RIA Novosti RF Xavfsizlik Kengashi kotibi o‘rinbosari Rashid Nurgaliyevga tayangan holda xabar qildi.

Sekretar Soveta bezopasnosti RF Nikolay Patrushev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentga Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Patrushev tashrif buyurdi

Chorshanba kuni Toshkentda Rossiya-O‘zbekiston xavfsizlik bo‘yicha maslahatlari bo‘lib o‘tdi. Ularni RF Xavfsizlik Kengashi kotibi Nikolay Patrushev va O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov o‘tkazdilar.

"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga amalga oshirilgan davlat tashrifi chog‘ida barcha yo‘nalishlar, shu jumladan xavfsizlik yo‘nalishida ham ikki tomonlama hamkorlikni rivojlanishiga yangi turtki berilgani, bo‘lib o‘tgan maslahat ishtirokchilari tomonidan e’tirof etildi. Rossiya va O‘zbekiston vazirlik va idoralarning turli darajadagi aloqalari faollashdi. Shu sababli bugun O‘zbekiston va Rossiya xavfsizlik sohasida aloqalarining istiqbolli masalalari muhokama qilindi", — deb ta’kidladi Nurgaliyev.

Shu bilan birga, Nurgaliyev o‘z nutqida, ikki davlatning tarmoq vazirlik va idoralari tomonidan tezkor axborot almashinuvi, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashishda muhim bo‘lgan holatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni taqdim etish ishlarini jadallashtirish ko‘zda tutilganligini ta’kidlab o‘tdi. Ushbu yo‘nalishda hamkorlik MDH va ShHT tashqi ishlar vazirlari kengashi formatida davom etadi.

Ministr vnutrennix del RF Vladimir Kolokolsev vo vremya vstrechi s prezidentom Uzbekistana Shavkatom Mirziyoyevim - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Rossiya ichki ishlar vaziri bilan qator masalalarni muhokama qildi
"Markaziy Osiyoda vaziyatni muhokama qilar ekanmiz, ushbu mintaqada vaziyat murakkabligicha qolmoqda. Mintaqada xavfsizlikning ta’minlanishiga Afg‘onistondagi vaziyat o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo davlatlariga Suriyada terrorchilik uyushmalari tarafida jang qilgan jangarilar qaytib kelmoqda. Ular "mudroq" holatdagi yashirin yacheykalar tashkil qilmoqda. Ular istalgan vaqtda o‘z qo‘poruvchi xarakatlarini boshlashlari mumkin", — deb qo‘shimcha qildi Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari.

Muzokaralar davomida ikki tomon fikr-mulohalarining o‘xshashligini namoyon bo‘ldi. Eng avvalo kelgusida hamkorlikni rivojlantirish va yuzaga keladigan muammolarni tezkorlik bilan hal qilishga tayyor ekanligini ko‘rsatmoqda.

Rossiya va O‘zbekiston xavfsizlik kengashining ekspertlari uchrashuvlarini muntazam ravishda o‘tkazib borilishiga kelishib olindi.

Yangiliklar lentasi
0