Toshkent viloyatida qurilish materiallar sanoatiga 1 milliard dollar ajratiladi

© Sputnik / Sergey Venyavskiy / Mediabankka o‘tishRabota Kombinata stroitelnix materialov
Rabota Kombinata stroitelnix materialov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent viloyatida jami 21 ta investitsion loyihalar amalga oshiriladi. Loyihalarni ro‘yobga chiqarish natijasida bu sanoat tarmog‘ida 4 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratiladi

TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkent viloyatida 2020-yil yakuniga qadar qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohasida umumiy qiymati 1 mlrd dollardan ortiq 21 ta investitsiya loyihalari amalga oshiriladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Vstrecha prezidenta RF V. Putina s premyer-ministrom Indii N. Mod - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Buxoroda zamonaviy sayyohlik majmuasini barpo etadi

Shu kunlarda Vazirlar Mahkamasi 2020-yilga qadar Toshkent viloyatining qurilish materiallar ishlab chiqarish sanoatini yanada rivojlantirish to‘g‘risidagi manzil dasturini tasdiqladi.

Loyihalarning katta qismi sement tarmog‘i korxonalari tomonidan amalga oshiriladi. Jumladan, Rossiyaning "Yevrotsement grup" xolding kompaniyasi yiliga 2,4 mln tonna "quruq usulda" sement ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida 220 mln dollarlik mablag‘ni sarmoya sifatida kiritadi.

Bundan tashqari ikki dona sement zavod Xitoy sarmoyachilari tomonidan quriladi. Birinchi zavod Ohangaron tumanida Xin Lei korxonasi bazasida barpo etiladi. Ushbu zavod yiliga 108 mln dollarlik 1 mln tonna sement ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Boshqa zavod "Ohangaronshifer" korxonasi bazasida tashkil qilinadi. Zavod yiliga qiymati 100 mln dollarlik 1 mln tonna sement ishlab chiqariladi.

Promzona «Chirchik” - Sputnik O‘zbekiston
Chirchiq, Yangiyo‘l va Chinozdagi 80dan ortiq bo‘sh turgan obyektlar ishga tushiriladi
Rossiyaning bir guruh investorlari tomonidan "O‘zbekqurilishbank" bilan hamkorlikda juda qiziqarli loyiha amalga oshiriladi. "Parkent" erkin iqtisodiy zonasida turli materiallardan zamonaviy devor gul qog‘ozlarini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Tashabbuskorlar hisobiga ko‘ra, yiliga 3 mln dona gul qog‘oz o‘rami ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 8 mln dollar etib baholanmoqda.

Eronlik sheriklar ham chetda qolmaydi. Kashi Ehsan Maybod Co Pjs kompaniyasi tomonidan Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi EMG kompaniyasi bazasida yaltiroq keramik plitkalar ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda. Sanoatning yillik quvvati 2,1 mln kvadrat metr bo‘ladi.

Vazirlar Mahkamasi hisob-kitoblariga ko‘ra, barcha loyihalarni amalga oshirish natijasida 3900 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarning qiymati 519 mln dollarni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0