Shavkat Mirziyoyev Mustafo Kamol Otaturk maqbarasiga gul qo‘ydi

© Pool Photo via APVizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Tursiyu
Vizit prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva v Tursiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasining birinchi Prezidenti Mustafo Kamol Otaturk hoki qo‘yilgan Anitkabir yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumati matbuot-xizmati.

Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan (sprava) i prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Turk ekspertlari: Mirziyoyevning Anqaraga tashrifi tarixiy bo‘ladi
Mustafo Kamol Otaturk o‘z vatanining milliy istiqloli uchun kurashgan va Turkiya Respublikasiga asos solgan inson sifatida qadrlanadi. Anitkabir yodgorlik majmuasi uning davlat va xalq oldidagi xizmatlariga hurmat ifodasi sifatida bunyod etilgan. 750 kvadrat metr maydonni egallagan majmua maqbara, muzey, bog‘ va boshqa obyektlarni o‘z ichiga olgan.

Shavkat Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi Mustafo Kamol Otaturk qabriga gul qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Turkiya Respublikasi prezidenti saroyida rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi.

Znak protsenta - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Turkiya bankidan yangi uylar qurish uchun kredit oladi
Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo‘g‘on shohsupaga ko‘tarildilar.

O‘zbekiston va Turkiyaning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.

Davlat rahbarlari tor doirada uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda iki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston — Turkiya muzokaralari kengaytirilgan tarkibda davom etdi.

Unda rasmiy delegatsiyalar a’zolari, vazirlik va yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirok etdi. Muzokarada mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Yangiliklar lentasi
0