TOShKENT, 25 okt — Sputnik. O‘zbekiston Turkiyaning “Ziraat” bankidan namunali uylar qurish uchun 200 million dollar kredit mablag‘lari jalb qilishni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Mablag‘lar 2018 va 2019-yillarda 100 milliondan ikkita transh orqali olinadi va O‘zbekistonda ko‘p qavatli turar joylar qurish uchun sarflanadi. Ushbu masala bo‘yicha muzokaralar Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga bo‘lib o‘tadigan tashrifi davomida muhokama qilinadi.
Umumiy hisobda O‘zbekiston namunali va ko‘p qavatli uylar qurish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlaridan bir milliarddan ortiq mablag‘lar jalb qilishni rejalashtirgan. Xususan, Osiyo taraqqiyot bankidan – 700 mln dollar, Islom rivojlanish bankidan – 300 mln dollar, Quvayt arab iqtisodiy rivojlanish fondidan – 30 mln dollar, Saudiya rivojlanish fondidan – 50 mln dollar.
Ushbu mablag‘lar yordamida 2020-yil oxiriga qadar O‘zbekistonda 43,4 ming xonadondan iborat bo‘lgan bir mingdan ortiq ko‘p qavatli uylar quriladi. Ularning aksariyati Toshkent (490 ta uy) va Samarqand (190 ta uy) viloyatlarig to‘g‘ri keladi.
Ushbu uylarni imtiyozli xarid qilish yosh oilalarga, eski uyda yashayotganlarga va uyga muhtoj bo‘lgan boshqa tiofadagi fuqarolarga beriladi.
Uy uchun kredit mablag‘lari 20-yilga beriladi. Birinchi besh yil davomida foiz stavkasi 7% ni tashkil qiladi, undan imtiyozli davr 36 oyni tashkil qiladi. Undan tashqari impoteka qiymati uylarning kaysi etajda joylashganiga qarab o‘zgarishi mumkin. Bu kvartiralar ajratishda turli qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilingan.