Yurist: burokratiya migrantlarni qonunni buzishga majbur qilmoqda

© Foto iz arxiva Botirdjona ShermatovaYurist Botirjon Shermatov
Yurist Botirjon Shermatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspert Sputnik muxbiri bilan suhbatda migrantlar Rossiyada qanday muammolarga duch kelayotgani va ular huquqiy muammolarini qanday hal qilishlari mumkinligi haqida so‘zlab berdi

TOShKENT, 25 okt — Sputnik, Anton Kurilkin. Hujjatlar bilan muammolar, vijdonsiz ish beruvchilar va shafqatsiz qonunlar – Sputnik muxbirining 12-yildan buyon xorijlik ishchilarga huquqiy yordam ko‘rsatib kelayotgan yurist Botirjon Shermatov bilan suhbatida ana shu boshqa muammolar xususida so‘z bordi

— Siz 12-yildan beri migrantlar bilan ishlaysiz, ular asosan qanday muammolarga duch kelishadi?

— Har davrning o‘z muammosi bor – ular muntazam almashib turadi.

Posetiteli v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi mehnat migrantlari bepul huquqiy yordam olishlari mumkin

2008 yilgacha hujjatlar bilan qiyinchiliklar yo‘q edi — ularni rasmiylashtirish oson edi, kvotalar yo‘q edi. o‘sha paytda menga ish beruvchilar bilan nizolar borasida murojaat qilishmasdi. Ko‘pincha militsiya bilan bog‘liq hodisalar bo‘lib turardi – ularni to‘xtatib, pul so‘rashardi.

2008 yilgi moliyaviy inqirozdan keyin menga ish beruvchilar bilan bog‘liq muammolar bo‘yicha ko‘p murojaat qilishmoqda – maosh borasida aldashadi, oyligini berishmaydi.

2009 yildan hujjat rasmiylashtirish borasidagi shikoyatlar qo‘shildi. Ilgari hamma o‘zi mustaqil borib barcha kerakli hujjatlarni rasmiylashtirishi mumkin edi. Endi esa kompaniyalar bir yil oldin kvota uchun buyurtma berishi, ruxsat olishi, shundan keyin odam yollashi mumkin. Ya’ni siz qaysi davlatdan nechta fuqaro qanday mutaxassisliklar bo‘yicha kerakligini bilishingiz shart. Lekin bu biznes, hamma narsa tezda o‘zgarib ketishi mumkin – bugun sizga 30 kishi kerak, ertaga esa 50 kishi kerak bo‘lishi mumkin.

Buning ustiga, ishchining mamlakatini ham ko‘rsatish talaba qilinadi – masalan siz tojikistonlik ishchilarni ishga olmoqchisiz, ular o‘rniga Armaniston yoki Qirg‘izistondan malakali ishchilar paydo bo‘lishi mumkin.

Bu juda murakkab vaziyat, shuning uchun vositachi kompaniyalar yuzaga keldi. Ular kvotalarni ommaviy ravishda rasmiylashtirib olishdi, so‘ng ishchilarga muhtoj kompaniyalarga sotishdi. Migrantlar qonuniylikdan manffatdorliklari uchun bu kompaniyalarga borishdi.

Bu holat mehnat patentlari paydo bo‘lguniga qadar davom etdi.

Sotrudnik OMON registriruyut zaderjannogo vo vremya reyda na odnom iz rinkov - Sputnik O‘zbekiston
Migrantlar «nomaqbul xatti-harakatlar uchun” Rossiyadan chiqarib yuboriladi

Lekin muammo shundaki, har safar yangi qonun qabul qilinganida amaldorlar Rossiyada nechta mehnat migranti borligini hisobga olishmaydi va har safar qonun kuchga kirganidan keyin davlat organlari barchaning hujjatini zudlik bilan qayta rasmiylashtirishga imkoni ketmaydi.

Masalan, Saxarovoda markaz qurildi va patentlarni Moskvada uzaytirish yoki rasmiylashtirish imkoniyati yo‘q qilindi.

Moskvada ishlayotganlar zudlik bilan hujjatlarini qayta rasmiylashtirishi kerak edi – ulkan navbatlar paydo bo‘ldi – u yerda hatto Tojikiston fuqarosi vafot ham etdi.

Bunday qilishning nima keragi bor edi? Axir odamlar hujjatlarini rasmiylashtiradi-ku. Bu xuddi yangi pasport olish kabi – hech kim pasportini bir vaqtning o‘zida almashtirmaydi, bu jarayon bir necha yilga cho‘ziladi. Amaldorlar birdaniga 145 million kishi pasport almashtirgani borsa nima bo‘lishini bilishadi. Rossiyada 10 million mehnat migranti borligini esa ular hali tushunib yetishmadi menimcha.

Ro‘yxatga oluvchi organlar ishida ham muammolar bor. Misol uchun, hozirda hujjatlarni migratsiya organlariga pochta orqali jo‘natish mumkin. Lekin muammo shundaki, xodimlarning vaqti yo‘qmi yoki xohlashmaydimi – jo‘natgan odamning o‘zi kelib uning ma’lumotlarini bazaga kiritishni so‘ramagunicha pochta orqali kelgan hujjatlarni ko‘rishmaydi.

Bu jarayonni onlayn amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish orqali soddalashtirish mumkin. Lekin bunday imkoniyat yo‘q. Mana, soliq tizimini olaylik, barcha jarayonlar sayt orqali bajariladi. Davlatga hujjatlar tizimini soddalashtirish foydali – korrupsiya uchun kamroq imkoniyat yaratiladi. Ammo bu heqda hech kim o‘ylamayapti.

— Nima uchun migrantlar vositachi kompaniyalarga murojaat qilishadi?

— Bu ko‘pincha ro‘yxatga olish va ishga qabul qilish tartibining murakkabligi bilan bog‘liq, migratsion ro‘yxat bilan bog‘liq muammolar ham yetarlicha. Masalan, xorijlik fuqaro yetti ish kuni ichida ro‘yxatga turishi shart, lekin o‘zi mustaqil ravishda ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yo‘q. Bu bilan taklif qilgan tomon shug‘ullanishi kerak, odamlarning esa bunga vaqti yo‘q.

Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada mehnat migrantlari uchun "shaxsiy kabinet" xizmati ishga tushdi

Ish beruvchi ham bu bilan shug‘ullanishni istamaydi va ishchiga muammoni o‘zi hal qilishi kerakligini aytadi. Va odamlar vositachilarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keladi. Zero patent va registratsiyani har oyda uzaytirish zarur.

Kompaniyalar qonun talablariga rioya qilishlari uchun kadrlar bo‘limiga har kuni ishchilarning qaysi birining patent muddati o‘tib ketganini, qaysi birining ro‘yxat muddati tugaganini tekshirib o‘tiradigan maxsus xodim olishlari kerak bo‘ladi va muddati bir kun o‘tib ketgan xodimni ham ishdan bo‘shatishlari lozim bo‘ladi – aks holda bir million rub jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi.

Ishchi vositachilarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Migratsiya masalasi muhokama qilinayotganda hech kim ish beruvchilarga murojaat qilmaydi, ularning muammolari haqida hech kim bilmaydi. Shunday ekan, ishchilarni rasmiylashtirish juda murakkab – jarima to‘lash ehtimoli, hujjatlar bilan bo‘ladigan doimiy boshog‘riqlar.

Davlat qonun buzilishlarga qarshi qonunchilikni kuchaytirish orqali kurashishga urinmoqda va bu muammoni yanada chuqurlashtirmoqda.

— Sizni odamlar qanday topishadi?

Dastlab yurist yordamchisi bo‘lib ish boshlaganimda asosan tanishlar orqali kelishardi.

Rabochie na stroitelnoy ploshadke, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyadagi o‘zbek migrantlari bir oyda o‘rtacha necha pul topishi ma’lum bo‘ldi

Vaqt o‘tgach, ijtimoiy tarmoqlarda bir nechta guruhlar tashkil qildik, 2015-yilda "Migrant" ilovasini ishga tushirdik. Ilova oddiy bo‘lib, uchta tilda ishlaydi. U orqali FMX saytiga kirib kerakli ma’lumotlarni olish mumkin.

— Ilova yaratish fikri qanday paydo bo‘ldi?

— Buning tarixi uzun va qanchalar g‘alati tuyulmasin, taksilar bilan bog‘liq.

Ilgari ilovalarga qiziqmasdim va ijtimoiy tarmoqlarda ham o‘tirmasdim, endi bilsam, bekor qilgan ekanman.

O‘sha paytlarda bizga taksichilar maslahat so‘rab tez-tez murojaat qilishardi.

Noqonuniy taksichilar juda ko‘p bo‘lib, na davlat, na shahar hukumati bu muammoni yecha oldi. Keyin onlayn buyurtmalar uchun ilovalar paydo bo‘ldi va tez orada ko‘plab taksichilar o‘sha ilovalar orqali ishlay boshlashdi.

Shundan so‘ng biz ham oddiy va tushunarli ilova yaratish qaroriga keldik.

Nikolay Patrushev - Sputnik O‘zbekiston
Patrushev: noqonuniy migratsiya - terrorchilik rivojlanishi uchun qulay muhit yaratmoqda

— Kelgusida ilovani yanada rivojlantirish yoki migrantlar uchun muloqot qiladigan turli dasturlar yaratish rejasi bormi?

— Ilovani ishga tushirganimizdan keyin uni takomillashtirish ishlari to‘xtab qoldi – vaqtimiz yetishmayapti. Hozirda asosan ijtimoiy tarmoqlar bilan shug‘ullanyapmiz. migrant.mobi saytini yuritamiz — maqolalar, videolavhalar joylaymiz.

Hozirda ilovani sayt bilan birlashtirmoqchimiz, yangi foydali qo‘shimchalar kiritmoqchimiz.

Ijtimoiy tarmoqlar imkoniyatlaridan kengroq foydalanish ustida bosh qotirapmiz. Odamlar ish, yashashga joy qidirishadi. Ularga shu yo‘nalishda yordam berishni ko‘zlamoqdamiz. Umid qilamanki, bu ko‘pchilikka yengillik yaratadi va paydo bo‘lgan muammolarini tezroq hal qilishlariga yordam beradi.

Yangiliklar lentasi
0