Migrantlar «nomaqbul xatti-harakatlar uchun” Rossiyadan chiqarib yuboriladi

© Sputnik / Aleksandr Kondratuk / Mediabankka o‘tishSotrudnik OMON registriruyut zaderjannogo vo vremya reyda na odnom iz rinkov
Sotrudnik OMON registriruyut zaderjannogo vo vremya reyda na odnom iz rinkov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya Federal kengashi ushbu masalani tartibga soladigan yangi qonun loyihasini Duma muhokamasi uchun 2018-yil boshlarida taqdim etadi

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Rossiya Federal Kengashi tomonidan xorijiy fuqarolarni "nomaqbul xatti-harakatlar uchun" Rossiyadan chiqarib yuborish chorasini qo‘llash tartibi to‘g‘risida qonun loyihasi ishlab chiqilmoqda. Bu haqda "Izvestiya" gazetasi ma’lum qildi.

Posetitel v mnogofunksionalnom migratsionnom sentre Moskvi bliz derevni Saxarovo - Sputnik O‘zbekiston
Moskvada mehnat migrantlari uchun "shaxsiy kabinet" xizmati ishga tushdi

"Ushbu qonun Rossiya jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan ham qo‘llanilishi mumkin. Faqat ular uchun "nomaqbul hatti-harakatilar" ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikni keltirib chiqaradi, xorijiy fuqarolarga nisbatan esa — Rossiyadan chiqarib yuborish chorasi qo‘llaniladi. Hozirgi kunda qonun loyihasi bo‘yicha muhokama jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda", — dedi Rossiya Federal Kengash xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi raisi o‘ribosari Andrey Klimov.

"Nomaqbul xatti-harakatlar" deganda Rossiyaning milliy xavfsizligiga qarshi faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Millatlararo, dinlararo, siyosiy guruhlararo nizo chiqarishga qaratilgan hatti-harakatlar ham shular jumlasidandir. Shuningdek, saylov jarayonlariga aralashish, ta’lim maskanlari va yoshlar bilan "tashqaridan turib ishlash" ham milliy xavfsizlikka tahdid solish deb baholanadi.

Qonun loyihasi Rossiya Davlat Dumasiga 2018-yil boshlarida ko‘rib chiqish uchun taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0