Iqtisod

Oʻzbekistonda dexqon bozorlaridan olibsotarlarni yoʻqotish yoʻli topildi

© Sputnik / Valeriy Melnikov /  / Mediabankka oʻtishGoroda Mira. Tashkent
Goroda Mira. Tashkent - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qarori bilan mahalliy hokimiyatlarga yirik bozor hududlarida va aholi turar joylarida bepul asosda ixtisoslashtirilgan "Xizmat beminnat" savdo doʻkonlarini barpo etishda amaliy yordam berilishi haqida vazifalar yuklatildi

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Yaqin vaqtlarda barcha yirik dexqon bozorlar hududlarida va aholi turar massivlarda "Xizmat-beminnat" ixtisoslashtirilgan savdo doʻkonlar ish faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Ushbu savdo doʻkonlarda qishloq xoʻjalik mahsulotlari arzon narxlarda sotiladi.

Fruktы na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Rossiyaga UzAgro brendi ostida dastlabki meva-sabzavot mahsulotlari joʻnatildi

Bu Oʻzbekiston prezidenti qarori bilan koʻzda tutilgan, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Prezident qarorida shahar, tuman va viloyat boʻyicha hokimliklarga yirik bozor hududi va aholi turar massivlarida bepul shartlarda "Xizmat-beminnat" ixtisoslashtirilgan savdo doʻkonlarini qurish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish vazifalari qayd etilgan.

Savdo doʻkonlari yengil qurilish konstruktsiyalar yordamida quriladi. Doʻkonlar yil davomida meva-sabzavotlarni arzon narxlarda sotish koʻzda tutilgan. Doʻkonlarda mahsulotlar narxini arzonlashtirish uchun dehqonlardan oʻrtadagi vositachilarsiz "dala-doʻkon" tamoyili boʻyicha sotib olishni tashkillashtirish koʻzda tutilmoqda.

Plodoovoщnaya yarmarka v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston
Iqtisod
Oʻzbekiston xorijga 6 million dollarlik meva-sabzavot eksport qiladi

Mutaxassislarning tahminlariga koʻra, yangi savdo doʻkonlari tashkil qilinishi natijasida bozorlarda olibsotarlar yoʻq qilinadi. Olibsotarlar qishloq xoʻjalik mahsulotlar narxini sezilarli darajada qimmatlashtiradilar, ayniqsa qish mavsumida.

Bu masalada yagona muammo — hokimiyat vakillari tomonidan nafaqat savdo doʻkonlarini tashkil etish, balki taqchillik va ulkan navbatlarni oldini olish maqsadida ushbu doʻkonlarni yetarli miqdorda mahsulotlar bilan taʼminlash zarur boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda oʻtgan yili qishloq xoʻjalik sektorida YAIM 47,4 trillion soʻmga yetgandi. Mamlakatda jami 8,2 million tonna gʻalla, 2,9 million tonna kartoshka, 11,2 million tonna sabzavotlar, 3 million tonnadan ortiq mevalar, 1,7 million tonna uzum, 2 million tonna doʻkakli mahsulotlar va 2,9 million tonna paxta yetishtirildi.

Yangiliklar lentasi
0