"O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi Airbus Neo samolyotlarini sotib oladi

© JOHANNES EISELE / AFPSamolet Airbus 320
Samolet Airbus 320 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi havo kemalari sonini yanada ko‘paytirish va parvozlar jo‘g‘rofiyasini kengaytirish bo‘yicha ish olib bormoqda

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi kelgusi yilda 4 dona Airbus A320 va Airbus A320 Neo turlariga mansub bo‘lgan samolyotlarni lizing shartlarda xarid qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Passajiri vixodat iz samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

O‘tgan haftada O‘zbekiston milliy aviakompaniyasi ikkita xalqaro uchrashuvni o‘tkazdi. Uchrashuvlarning asosiy maqsadi — milliy aviakompaniya havo kemalari majmuini yanada ko‘paytirish va parvozlar jo‘g‘rofiyasini kengaytirishdir (shu jumladan mahalliy yo‘nalishlarda).

"Hozirgi kunda milliy aviakompaniya tomonidan samolyotlarning parkini tezkorlik bilan ko‘paytirish maqsadida samolyotlarni lizing shartlarda sotib olish yoki ijaraga olish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Qo‘yilgan vazifani amalga oshirish maqsadida mutaxassislar tomonidan 10 ta yirik xalqaro lizing kompaniyalarning tijorat takliflari olindi. Asosiy maqsad — lizing shartlarda 4 dona Airbus A320 va Airbus A320 Neo turlariga mansub bo‘lgan samolyotlarni xarid qilishdir", — deb ta’kidlandi Uzbekistan Airways matbuot xizmati.

Milliy aviakompaniya vakillari fikriga ko‘ra, ushbu havo kemalari tejamkor dvigatellar bilan jihozlanishi va samolyot fuzelyajining tuzilishi zamonaviy tadqiqotlar bilan takomillashtirilishi natijasida yoqilg‘ini sezilarli darajada tejash imkoniyatini beradi.

Birinchi bosqichda Airbus A321 lizing shartlarda taklif qilgan kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda kelishuvning texnik shartlari batafsil muhokama qilindi. Milliy aviakompaniya vakillari lizing kompaniyasiga o‘z talablarini taqdim etishdi. Xorijiy kompaniya vakillari olingan texnik shartlar bo‘yicha ish olib borilib, yakuniy tijorat taklifini taqdim etilishini ma’lum qilishdi.

Mejdunarodniy aeroport Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi vaqtda Toshkentdan Dushanbega aviachipta narxi ikki baravarga arzonlashtirildi
"Kelgusi vaqtda lizing shartlarda havo kemalarni taqdim etuvchi boshqa kompaniyalar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilmoqda. 2018-yilda zamonaviy va tejamkor bo‘lgan Airbus samolyotlari O‘zbekiston uchun eng qulay taklif qilgan kompaniyadan sotib olinadi", — deb ta’kidlab o‘tildi aviakompaniyada.

Ikkinchi bosqichda Boeing kompaniyasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda marketing bo‘yicha direktori Ismoil Robban bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar O‘zbekistonning boshqa shaharlarga parvozlarni kengaytirish va yo‘lovchilar sonini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Muzokaralar davomida Amerika kompaniyasi vakili Uzbekistan Airways yo‘nalishlarini rivojlantirish va 2030-yilgacha talab etiladigan havo kemalar majmui haqida o‘z fikrlarini berdi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Milliy aviakompaniya samolyotlar majmuasi — zamonaviy va yuqori daraja qulay bo‘lgan Boeing-757/767, Boeing-787-8 Dreamliner, A320, Il-114-100, shuningdek, yuk tashish Boeing-767-300BCF samolyotlardan tashkil topgan.

Yangiliklar lentasi
0