O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

© uzairways.comPassajiri vixodat iz samoleta uzbekskix avialiniy
Passajiri vixodat iz samoleta uzbekskix avialiniy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston shaharlaridan O‘zbekistonning Urgench, Buxoro va Samarqand shaharlariga yangi aviaqatnovlar ochish rejalashtirilmoqda

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston parvozlar soni ko‘payib, qo‘shimcha aviaqatnovlar ochiladi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qildi.

Mejdunarodniy aeroport Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
So‘nggi vaqtda Toshkentdan Dushanbega aviachipta narxi ikki baravarga arzonlashtirildi

Ushbu masala yuzasidan "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniya ma’muriyati "Eyr Ostona" avia kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Muzokaralar davomida tomonlar ikki davlat o‘rtasida sayohatchilarni ko‘paytirish maqsadida yo‘lovchilarni tashishni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, Toshkentdan Olmaotaga va ortga qaytish bo‘yicha muntazam parvozlarni ko‘paytirish, shuningdek, Qozog‘iston shaharlaridan O‘zbekistonning qadimiy shaharlariga — Urgench, Buxoro va Samarqandga yangi parvozlarni ochish borasida kelishuvlarga erishildi.

Bundan tashqari, Uzbekistan airways technics korxonasi bazasida "Eyr Ostona" kompaniya uchoqlarini ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek milliy avia kompaniya o‘quv markazida qozog‘istonlik uchuvchilarini tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv natijalari bo‘yicha ikki aviakompaniya vakillari muzokara bayonnomasini imzolashdi. Bugungi kunda "O‘zbekiston havo yo‘llari" va "Eyr Ostona"  kompaniyalari tenglikka asoslangan holda Toshkent-Olmaota o‘rtasida haftasiga 6 marotaba va Ostonaga haftasiga 2 marotaba parvozlar amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0