So‘nggi vaqtda Toshkentdan Dushanbega aviachipta narxi ikki baravarga arzonlashtirildi

© Sputnik / Amir IsayevMejdunarodniy aeroport Dushanbe
Mejdunarodniy aeroport Dushanbe - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
25 yillik tanaffusdan so‘ng Toshkentdan uchgan birinchi muntazam samolyot 11-aprel kuni Dushanbe shahriga qo‘ngan edi.

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. "O‘zbekiston havo yo‘llari" milliy aviakompaniyasi joriy yil 13-oktabrdan Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishida aviachiptalarning narxini arzonlashtirdi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri aviatashuvchi matbuot xizmatiga tayangan holda xabar qildi.

Uzbekskie avialinii priznani luchshey aviakompaniyey v SA - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston havo yo‘llari" - Markaziy Osiyoda eng yaxshi aviakompaniya

Shu tariqa Toshkentdan Dushanbegacha aviachiptaning yakuniy narxi 75 yevro va Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishida aviachiptaning umumiy narxi 153 yevroni (barcha yig‘imlar bilan birga) tashkil qiladi. Shu o‘rinda Dushanbedan Toshkentga 87 yevro va Toshkent-Dushanbe-Toshkent chipta narxi 153 yevroni tashkil etadi.
Milliy aviakompaniya O‘zbekiston hududida chiptalar uchun to‘lovlar sotish kunida Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutada to‘lanishini eslatib o‘tdi.

So‘nggi vaqtda mazkur yo‘nalishda aviachiptalarning arzonlashishi birinchi marotaba amalga oshirilmayapti. Jumladan, "O‘zbekiston havo yo‘llari" 6-sentabr kuni Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi uchun aviachiptalar narxi 10 yevroga kamaytirgan edi. Natijada chiptaning umumiy narxi 98 yevroni tashkil qilgan edi. O‘sha paytda aviakompaniya vakillari ko‘proq yo‘lovchilarni jalb etish maqsadida bu qarorga kelinganligini ma’lum qilishgandi.

Mejdunarodniy aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent-Nukus reysidagi samolyot texnik sabablarga ko‘ra almashtirildi

Eslatib o‘tamiz, milliy aviakompaniya reyslari Tojikiston poytaxtiga haftada bir marta, seshanba kuni har jihatdan qulay bo‘lgan A320 samolyotlarda amalga oshiriladi. 25-yillik tanaffusdan so‘ng Toshkentdan uchgan birinchi muntazam samolyot 11-aprel kuni Dushanbe shahriga qo‘ngan edi.

Tojikiston "Somon Eyr" aviakompaniyasi 10-fevral kuni o‘zining birinchi texnik parvozini amalga oshirgan edi. Ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida parvozlar ushbu aviakompaniyalar tenglikka asoslangan holda amalga oshirilishiga qaror qilingandi. Lekin keyinchalik tomonlar, vaziyatni o‘rganib chiqib, hozircha Toshkent-Dushanbe-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha parvozlarni faqatgina "O‘zbekiston havo yo‘llari" aviakompaniyasi tomonidan amalga oshirish bo‘yicha xulosaga kelishdi.

Yangiliklar lentasi
0