TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) OAVlar erkinligi bo‘yicha vakili Arlem Dezir 17-19 oktabr kunlari Toshkentga keladi, deb xabar qildi YeXHT matbuot xizmati.
Dezir 19-chi mintaqaviy Markaziy Osiyo "Markaziy Osiyoda ochiq jurnalistika" mavzusida OAV matbuot anjumanini ochadi. Ushbu matbuot anjumani har yili o‘tkazilib, so‘z erkinligi va Markaziy Osiyoda OAV erkinligi bo‘yicha YeXHTning majburiyatlarini bajarishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkaziladi.
YeXHTning vakili O‘zbekistonda OAV erkinligi masalalarini muhokama qilish maqsadida yuqori darajadagi mansabdor shaxslar, fuqarolik jamiyat va ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Ikki kun davom etadigan tadbirda 100 dan ortiq qatnashchilar, shular ichida jurnalistlar, hukumat vakillari, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Mongoliya davlatlarining fuqarolik va ilmiy uyushma vakillari, shuningdek bir nechta xalqaro ekspertlar ishtirok etadi.
YeXHTning OAV erkinligi masalalari bo‘yicha vakili tashkilotga a’zo bo‘lgan 57 ta davlatlar media sohasidagi vaziyat o‘zgarishlarini kuzatib boradi. U OAV va so‘z erkinligi buzilishi holatlarini oldini olish va YeXHT doirasida qabul qilingan majburiyatlarini so‘zsiz bajarishga chorlaydi.