Jizzax tumani Sharof Rashidov nomi bilan ataladi

© Sputnik / Penson / Mediabankka o‘tishO‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari Sharof Rashidov
O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari Sharof Rashidov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Parlament matbuot xizmati xabariga ko‘ra, majlsida deputatlar Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishdi

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. 22 dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Majlisda deputatlar Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taklif etilgan Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalani muhokama qilishdi, deb xabar qilgan Oliy Majlis qonunchilik palatasi matbuot-xizmati.

Deputatlar masalani har tomonlama muhokama qilgach, hukumat taklifi, keng jamoatchilik muhokamasi jarayonida bildirilgan fikr va takliflarni umumlashtirish materiallari, geografik obyektlarga nom berish va ularning nomini o‘zgartirish masalalari bo‘yicha hududiy va respublika komissiyalari tomonidan tayyorlangan xulosalar asosida Jizzax viloyati Jizzax tumanining nomini Sharof Rashidov tumani deb o‘zgartirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va ushbu hujjat ma’qullash uchun Senatga yuborildi.

Sharof Rashidovich Rashidov 1917-yilning 6-noyabrida Jizzax shahrida tavallud topgan. Sobiq Ittifoq davrida partiya va davlat arbobi, yozuvchi, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1974), O‘zbekiston SSR Kommunistik partiyasi rahbari, 1939-yildan KPSS a’zosi.

1950-1959 yillarda O‘zbekiston SSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi va SSSR Oliy Sovet Prezidiumi raisi o‘rinbosari. 1959-yilninn martidan O‘zbekiston KP MK birinchi kotibi. 1983-yilda vafot etgan.

Yangiliklar lentasi
0