TOShKENT, 17-avgust — Sputnik. Buxoro viloyatining barcha tumanlarida go‘shtni 25 ming so‘mdan sotilishi qat’iy belgilangan. Viloyat hokimi O‘ktam Barnoyev Xalqaro Press-klubning Buxorodagi sayyor sessiyasi chog‘ida bu haqda ma’lum qildi, deb xabar beradi uz24.uz.
Hokimning aytishicha, har kuni tumanlardagi "Elga xizmat" shaxobchalarida hokimlik va fermerlar tashabbusi bilan go‘shtni 25 ming so‘mdan sotilishi tashkil qilinmoqda. Bu borada tumanlar hokimlari tomonidan nazorat olib borilmoqda.
"Biz yil oxirigacha go‘shtni ushbu narxda sotilishini ta’minlash maqsadida maxsus jadval asosida fermer xo‘jaliklari bilan kelishib olganmiz. Men va’da beraman, yil oxirigacha viloyatda go‘sht 25 ming so‘mdan oshmagan narxda sotiladi, sun’iy ravishda narxni oshirayotgan xususiy tadbirkorlarga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi", dedi Barnoyev.