TOShKENT, 21 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 1-sentabrdan ayrim oziq-ovqat mahsulotlarini aksiz solig‘idan ozod qildi. Bu haqda Uznews.uz xabar berdi.
O‘zbekiston prezidenti 15-avgust kuni "O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Qaror talablariga ko‘ra 1-sentabrdan boshlab O‘zbekistonga olib kiriladigan go‘sht va yarim tayyor go‘sht mahsulotlari, parranda yog‘i, cho‘chqa yog‘i, bug‘doy uni va parranda boqish uchun yemlar aksiz solig‘idan ozod etilgan.
Shuningdek, qaror bilan 2017-yil 1-sentabrdan oziq-ovqat mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha bojxona to‘lovlari kamaytirildi: xususan, O‘zbekistonga import qilinadigan qoramol go‘shti, cho‘chqa go‘shti, cho‘chqa yog‘i, parranda yog‘i va boshqa go‘sht sub mahsulotlari, kofe, bug‘doy uni, shakarqamish shakariga import boji kamaytirildi. Shuningdek, o‘simlik yog‘i, shakar, kofe mahsulotlarining aksiz solig‘i kamaytirildi.
Shuningdek, ayrim oziq-ovqatlarni yetishtirish urug‘lari (kartoshka, bug‘doy, maslin, javdari, arpa, makkajo‘xori, grechka, kungaboqar va boshqalar) import qilinganda bojxona bojini to‘lamaydi.
Ushbu prezident qarorini qabul qilinishi natijasida mahalliy mahsulotlarining tannarxini kamaytirish va raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi, shuningdek, bozorlarda oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini qimmatlashib ketishishi oldini oladi.