Yoshlar ittifoqi xodimlariga Spark va Damas mashinalarini sotib olish uchun kreditlar beriladi

© ChevroletChevrlet Spark RS
Chevrlet Spark RS - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi Yoshlar ittifoqi xodimlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni xarid qilish uchun kredit ajratish to‘g‘risida chora-tadbirlarni tasdiqladi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yoshlar ittifoqi xodimlariga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yengil avtomobillarni xarid qilish uchun kredit ajratish to‘g‘risida chora-tadbirlar rejasini tasdiqladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Mujchini vo vremya sbora xlopka - Sputnik O‘zbekiston
Quronboyev paxta rejasini bajarayotganlarga beriladigan imtiyozlar haqida gapirdi

Jumladan, "Asaka" bank tomonidan Qoraqalpog‘iston Yoshlar ittifoqi raisi, viloyat, shahar, tuman ittifoqlari, shuningdek markaziy ittifoq xodimlariga kreditlar ajratiladi. Bu choralar ittifoq xodimlariga o‘zlariga yuklatilgan xizmat vazifalarini tezkorlik va o‘z vaqtida bajarishlari uchun amalga oshirilmoqda.

Hujjatga ko‘ra, xodimlarga asosan "Spark" va "Damas" avtomashinalarini xarid qilish rejalashtirilgan. Kreditlar O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy Kengashi tomonidan taqdim etilgan ro‘yxat asosida ajratiladi. Ro‘yxat mavjud bo‘lgan ehtiyojlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Kreditlar 10-yilgacha muddatga beriladi. Boshlang‘ich badal to‘lov avtomashina umumiy narxining 15 %ni tashkil qiladi. Foiz to‘lovining miqdori — kredit ajratilgan kundagi Markaziy bankning amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha amalga oshiriladi.

O‘zbekiston hukumati "O‘zavtosanoat" kompaniyasiga Yoshlar ittifoqi xodimlariga mashina bilan beto‘xtov ta’minlab turish yuzasidan topshiriq berildi.

Kaxramon Kuronbayev - Sputnik O‘zbekiston
Yoshlar ittifoqi rahbar bo‘lishni istaydigan yoshlar uchun tanlov e’lon qildi
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, bugungi kunda Yoshlar ittifoqi a’zolari va faollariga yana bir qator imtiyozlar ishlab chiqilmoqda. Jumladan, ittifoq faollariga ipoteka bo‘yicha boshlang‘ich badal to‘lovlarini 25-30 foizini qoplash ko‘zda tutilmoqda. Ipoteka kreditlari bo‘yicha imtiyozlarni yiliga 140 kishi olishi mumkin.

Bundan tashqari, respublikada 2018-2021 yillarda yoshlarga uy-joylarni qurish bo‘yicha dastur ishlab chiqilmoqda. Demak, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalar o‘z uylariga ega bo‘lishi mumkin.

Shu bilan birga, Yoshlar ittifoqi a’zolariga o‘qish kontrakt pulini to‘lash uchun moddiy yordam ko‘rsatiladi. 2018-yil 1-yanvardan yosh mutaxassislar qisman daromad solig‘idan ozod etiladi. Litsey, kollej va oliygohlar bitiruvchilari dastlabki ishga kirganda birinchi mehnat qilish yilida daromad solig‘ining yarmini, qolgan ikki yil davomida esa chorak miqdorini to‘laydilar. Ushbu yangilik so‘nggi uch yil bitiruvchilarga tegishli bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0