Quronboyev paxta rejasini bajarayotganlarga beriladigan imtiyozlar haqida gapirdi

Obuna bo‘lish
Qahramon Quronboyev dam olish kunlarida respublika paxta dalalarida terimda qatnashayotgan fidoyi yoshlar otradlari bilan uchrashdi. Bugun respublikaning barcha viloyatlarida minglab ishsiz yoshlar paxta terimida ishtirok etmoqda

TOShKENT, 26 sen — Sputnik. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi raisi Qahramon Quronboyev Pskent, Angren, Bo‘ka tumanlari paxta dalalarida bo‘ldi va terimda faollik ko‘rsatayotgan fidoyi yoshlar otradi a’zolarini taqdirladi.

Bu haqda Quronboyevning Feysbukdagi sahifasida xabar berildi.

Paxta terimchisi - Sputnik O‘zbekiston
Paxta terim puli oshdi
Xabarda aytilishicha, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Fidoyi yoshlar" otradi loyihasi doirasida ko‘ngilli yoshlar birinchilar qatorida dalaga otlanishgan edi. Vaqtincha ishsiz yoshlarga bunday tashabbus, ayniqsa, qo‘l kelganligi ta’kidlangan.

"Bugun respublikaning barcha viloyatlarida minglab ishsiz yoshlar xirmonimizga baraka qo‘shish uchun javlon urmoqda", deyiladi xabarda.

Yoshlar yetakchisi dam olish kunlari va haftaning ilk kunini  bilan uchrashuvga bag‘ishladi.

Dastlab Yoshlar yetakchisi Piskent tumanidagi paxta dalalarida oq oltinni terishda munosib xissa qo‘shayotgan "Fidoiy yoshlar" otradlari a’zolari bilan dildan suhbatlashdi. Kunlik rejani ortig‘i bilan bajarayotgan Laylo To‘xtaboyeva, Gulbahor Erkinjonovani taqdirladi.

Keyingi manzil Angren tumani bo‘ldi.

Paxta terimidagi yigitlar - Sputnik O‘zbekiston
Quronboyev paxta terimida yetakchilik qilayotgan yoshlar haqida ma’lumot berdi
"Eng yosh terimchi" nominatsiyasiga kasb-hunar kollejini joriy yilda tamomlagan Muborak Nishonova loyiq topildi. Yana bir eksklyuziv sovg‘a egasi Mastura Shermatova ham taqdirlanganligidan mamnun ekanligini aytib, paxta yig‘im-terim mavsumi so‘nggiga qadar o‘z hissasini qo‘shishga va’da berdi. Yoshlar yetakchisi mavsumda faol ishtirok etgan yoshlar uchun beriladigan imtiyozlar haqida gapirib, ularning ovqatlanishi, dam olish sharoitlari bilan ham yaqindan tanishdi.

Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i foydalanuvchilarining yozishicha, paxta terimida eng faol qatnashgan fidoyi yoshlarga uylar berilar ekan. Ammo bu haqda Yoshlar Ittifoqi rasman e’lon qilgani yo‘q.

Quronboyev Bo‘kada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ichki ishlar sohasiga qiziqish bildirgan va shu sohada ishlash niyati borligini aytgan Mirabbos Mannapovga bu borasida imkon qadar yordam berishga va’da bergan.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining "Fidoyi yoshlar" otradlariga tashrifi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0