Yoshlar ittifoqi rahbar bo‘lishni istaydigan yoshlar uchun tanlov e’lon qildi

© Mejdunarodniy press-klubKaxramon Kuronbayev
Kaxramon Kuronbayev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Oliy ma’lumotli, 30 yoshdan oshmagan yoshlar O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlash tayyorlash institutiga 4 oylik qayta tayyorlash kurslariga o‘qish uchun tanlovda qatnashishga taklif qilinmoqda

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi rahbar bo‘lish istagidagi yoshlar uchun eksklyuziv imkoniyat taqdim etmoqda. Bu haqda tashkilot raisi Qahramon Quronboyevning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar qilingan.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash institutiga qabul boshlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi Akademiyasi qoshidagi Yoshlar muammolarini o‘rganish va istiqbolli kadrlarni tayyorlash instituti 4 oylik qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi", — deyiladi xabarda.

Nomzodlarga qo‘yilayotgan talablar:

— oliy ma’lumotli bo‘lishi shart;

— 30 yoshdan oshmagan;

— kamida ikki yillik ish stajiga ega;

— O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardan xabardor, yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida chuqur bilimga ega;

Alisher Sadullayev - Sputnik O‘zbekiston
Sa’dullayev 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni "Prezident jamoasi"ga ishga taklif qildi
- O‘zbekiston yoshlar ittifoqining maqsadi va vazifalaridan xabardor, mazkur tashkilot tizimida ish tajribasiga ega;

— mas’uliyatli, tashabbuskor, yetakchilik qobiliyati va jamoa bilan ishlash tajribasiga ega bo‘lish lozim.

Hujjatlar O‘zbekiston yoshlar ittifoqining hududiy Kengashlarida 2017-yil 15-sentabrga qadar qabul qilinadi.

Nomzodlar qanday saralanadi?

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar ikki bosqichli tanlovdan o‘tadilar.

Birinchi bosqichda O‘zbekiston tarixi fanidan imtihon (test), ikkinchi bosqichda talabgorlarning yetakchilik qobiliyati va dunyoqarashini aniqlashga qaratilgan suhbat o‘tkaziladi.

Batafsil ma’lumotni www.yi.uz sayti hamda (95) 170-90-37 telefon raqamlari orqali olish mumkin.

Yangiliklar lentasi
0