TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonda notarial idoralar faoliyatiga yana bir bor o‘zgartirishlar kiritildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.
Endilikda fuqarolar chet elda amal qilishga mo‘ljallangan qonuniylashtirish (legallashtirish) talab etiladigan hujjatlarni shahodatlash masalasida o‘zlari uchun qulay bo‘lgan notarial idoraga murojaat etishlari mumkin.
Bugungi kunga qadar chet elda amal qilishga mo‘ljallangan qonuniylashtirish (legallashtirish) talab etiladigan hujjatlarni shahodatlash faqatgina muayan notariuslar tomonidan amalga oshirilib kelingandi.
Adliya vazirligi mutaxassislari fikriga ko‘ra, ushbu o‘zgartirishlar davlat xizmatlarini ko‘rsatishda fuqarolarga qulay shart-sharoitlar yaratish, tezkorlik va sifatli huquqiy xizmat ko‘rsatishga qaratilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, bu notarial idoralar faoliyatiga yagona bo‘lgan o‘zgartirishlar emas. Xususan, 2018-yil 1-yanvardan boshlab mamlakatda xususiy notarial idoralarning faoliyat ko‘rsatilishiga ruxsat beriladi. Xususiy notarial idoralar ish faoliyati 2010-yil may oyida to‘xtatilgandi.
Biroq ushbu yo‘nalishda vaziyat o‘zgarmadi. 2017-yilning o‘zida 67 nafar xodimlarga nisbatan turli huquqiy ta’sir choralari qo‘llanildi. Jumladan, 5 nafar notarial idora xodimlari bo‘shatilgan va 27 nafar jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Bundan tashqari, yaqinda aholi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov ijobiy natijalarni bermadi. So‘rovda qatnashgan odamlar notarial idoralarda uzoq vaqt va ko‘p mablag‘ yo‘qotilishi, notarius xodimlarining kamligi, sifatsiz xizmat ko‘rsatilishi va yetarli malakasi yo‘qligini ma’lum qilishgan.
So‘rovda qatnashganlarning 60 foizi notarial idoralar noqonuniy faoliyat ko‘rsatishlari va preyskurantda belgilangan narxlardan ko‘p mablag‘ olinishini bayon qilishgan.