TOShKENT, 08 sen — Sputnik. poytaxtdagi notarial idoralar faoliyati shahar adliya boshqarmasidan bevosita Adliya vazirligi bo‘ysunuvi va boshqaruviga o‘tkazildi, deb xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.
Xabarda aytilishicha, respublikaning 21 foiz notariuslari va 23,2 foiz notariat xizmatlari Toshkent shahar notarial idoralari salmog‘iga to‘g‘ri kelishini e’tiborga olib mana shunday qaror qabul qilingan.
Notarial idoralar joylashuviga qarab, tegishli sektorlarga bo‘linib, har bir sektor bo‘yicha maxsus ishchi guruhlar tomonidan nazorat ishlari olib boriladi va muammolar "Yo‘l xaritalari asosida" bartaraf etilishi ta’minlab boriladi.
Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda "Adliya bilan muloqot" guruhini ham yaratib, aholining bu sohadagi murojaatlari, takliflari va e’tirozlari bo‘yicha ishlashning yangicha tizimi yo‘lga qo‘yildi.